Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda

2020 yil 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, suv bosishi xavfi mavjud bo‘lgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar