YeTTB O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi

YeTTB O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Andijonda O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi. U asosan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini Andijonda ochdi, deya xabar qilindi bank saytida.

«Hudud salohiyati yuqori ekanini tan olgan holda Farg‘ona vodiysida YeTTB idorasi ochilmoqda. Andijon idorasi asosan ekspertlar maslahatlari, o‘qitish va turli moliyaviy vositalar yordamida kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi xabarda.

YeTTB 2017 yilda Toshkentda vakolatxonasini ochgan holda o‘n yillik tanaffusdan keyin O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tiklagan edi. Bugungi kunda bank O‘zbekiston iqtisodiyot sektorlarida 70 ta loyihaga 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar