2020 yil 1 yanvardan import bo‘yicha stavkalar yangilanadi

2020 yil 1 yanvardan import bo‘yicha stavkalar yangilanadi

Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari qayta ko‘rib chiqildi. O‘zgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

O‘zgartirishlar milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion rivojlanish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishga qaratilgan.

Aksiz bo‘yicha uchta o‘zgartirish nazarda tutilmoqda:

  • import qilinadigan shakarga (oq rangli, xushbo‘y ta’m yoki rang beruvchi qo‘shimchalar qo‘shilmagan, TIF TN kodi 1701 99) 20%lik stavka bo‘yicha soliq solinadi). Hozir ushbu pozitsiyada aksiz to‘lanmaydi;
  • import qilinadigan suv, muz va qorga (TIF TN kodi 2201) stavka 50%gacha oshiriladi, biroq bir litr uchun 0,25 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 2019 yilda u bojxona qiymatining 25%ini tashkil qiladi;
  • import qilinadigan, ishlab chiqarilganiga 2 yil bo‘lgan, ekvivalentda 40 ming AQSh dollari va undan ortiq qiymatga ega yengil avtomobillarga (TIF TN kodlari 8703 22, 8703 23, 8703 23 194 0, 8703 24, 8703 31, 8703 32, 8703 33) qo‘llanilgan bojxona qiymatining 20%i miqdoridagi imtiyozli stavka bekor qilinadi.

Bojxona bojlari qismiga keng ko‘lamli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Mohiyatiga ko‘ra, amaldagi stavkalar tizimining yangi tahriri qabul qilingan. Natijada deyarli har bir tovar guruhi doirasida miqdorlar yangilandi: oziq-ovqat va nooziq tovarlari, sanoat mahsulotlari, transport vositalari va h.k. Asosan, advalor stavkalarni kombinatsiyalangan stavkalarga o‘zgartirish orqali ularni oshirish (ya’ni quyi cheklangan qiymatni joriy qilish, tahr. izohi), amaldagi nol darajali stavkalarni bekor qilish hamda boj olinadigan yangi pozitsiyalarni kiritish haqida aytilmoqda.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklandi:

  • xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun bir martalik bojsiz narx va og‘irlik me’yorlarini joriy etish hamda ushbu me’yorlardan oshgan taqdirda alohida yig‘imlarni undirish;
  • 2020 yil 1 yanvardan boshlab bojxona boji va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni ushbu imtiyozlarning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilish.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar