Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi YeOII bilan savdo aloqasi

Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi YeOII bilan savdo aloqasi

2022 yildagi iqtisodiy hamkorlik natijalari va YeOII doirasida rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan infografikada tanishing.

O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 7,0 mlrd.dollarni yoki 28,5%ni tashkil etdi.

Shundan eksport hajmi 2,4 mlrd.dollar, import hajmi esa 4,6 mlrd.dollarga yetgan.

2022 yilning may oyi yakuni bilan O‘zbekistoning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo hajmidagi ulushi:

Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 4 065 mln. dollarni yoki 58%ni tashkil etib, eksport hajmi 1 220 mln. dollarga, import hajmi esa 2 845 mln dollarga yetdi.

Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 2 109 mln. dollarni yoki 30%ni tashkil etib, eksport hajmi 625 mln. dollarga, import hajmi esa 1 484 mln. dollarga yetdi.

Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 589 mln. dollarni yoki 9%ni tashkil etib, eksport hajmi 483 mln. dollarga, import hajmi esa 106 mln. dollarga yetdi.

Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 205 mln. dollarni yoki 3%ni tashkil etib, eksport hajmi 48 mln. dollarga, import hajmi esa 157 mln dollarga yetdi.

O‘zbekiston 2020 yilning dekabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Aynan shu uyushma bilan eng yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilib, YeOII bilan yanada integratsiyalashuv ularni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo aylanmasi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi. YeOII mamlakatlarining ulushi O‘zbekiston umumiy tovar eksportining 30-31% ini tashkil etadi.

O‘zbekiston 2019 yilda umumiy qiymati 9,42 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi, shundan 2,83 milliard dollarlik mahsulot YeOII hududiga yetkazib berildi. ITSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi to‘rt yilda 75% ga oshgan.

An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Respublikada qurilish materiallari, yog‘ochni qayta ishlash va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sut va go‘sht mahsulotlari YeOIIdan olinadi.

YeOIIga yanada integratsiyalashgan holda O‘zbekiston tashqi bozorlarga chiqishda, xususan Vetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan savdo qilishda yanada qulay sharoitlarga ega bo‘ladi.

Avval xabar qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga O‘zbekistonning YeOIIda ishtirok etishi mumkinligini tekshirish va dastlabki baho berish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot mamlakatning 14 ta universitetlarida taqdim etildi. Tadqiqot natijalari «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining saytida chop etilgan bo‘lib, unda ushbu tadqiqotga oid infografika va tahliliy maqolalar joylashtirilgan.

Xususan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari YeOIIga qo‘shilish qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, avtomobil sanoati, to‘qimachilik va poyabzal sanoati, farmatsevtika sanoati, shuningdek, biznes foydalari va boshqa sohalarga qanday ta’siri ko‘rsatishi haqida so‘zlab berdi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar