Infografika: O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2022 yil yanvar-avgust oylaridagi savdo aloqalari

Infografika: O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2022 yil yanvar-avgust oylaridagi savdo aloqalari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning yanvar-avgust oyi uchun O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

2022 yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 15,6 foizga o‘sib, $4,6 mlrd.ga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 14,2 foizini tashkil etdi.

Shu bilan birga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport $1,9 mlrd.ni (o‘sish 18,2 foiz), importi esa $2,6 mlrd.ni (o‘sish 13,8 foiz) tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-avgust oylari yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi:

– Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi $2,9 mlrd.ni (o‘sish 15,8%) tashkil etib, eksport hajmi $883,9 mln.ga, import hajmi esa $2 mlrd.ga yetdi.

– Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi $756,5 mln.ni (o‘sish 26,5%) tashkil etib, eksport hajmi $597,6 mln.ga, import hajmi esa $158,9 mln.ga yetdi.

– Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi $533,5 mln.ni (o‘sish 2,7%) tashkil etib, eksport hajmi $146,5 mln.ga, import hajmi esa $387,0 mln.ga yetdi.

– Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi $411,4 mln.ni (o‘sish 15,2%) tashkil etib, eksport hajmi $308,8 mln.ga, import hajmi esa $102,5 mln.ga yetdi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi – 63%, qolgan qismi: Qirg‘iziston – 16%, Turkmaniston – 12% va Tojikiston – 9%


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar