Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil may oyidagi tashqi savdosi

Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil may oyidagi tashqi savdosi

2022 yilning yanvar-may oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $20,5 mlrdga yetib, 2021 yilning shu davriga nisbatan $5,6 mlrdga (o‘sish 37,4%) oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi savdo umumiy hajmida eksport ulushi $8,4 mlrdni (2021 yil yanvar-may oylarida o‘sish 145,5%), import $12,2 mlrdni (o‘sish 132,3%) tashkil etdi.

Natijada tashqi savdo aylanmasi saldosi -$3 809,7 mln.ga teng bo‘ldi.

Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yirik 20 ta hamkorlari orasida 4 ta mamlakat bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda. Bular Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya. Qolgan 16 mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 167 ta davlati bilan savdo munosabatlari o‘rnatgan. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,5%), Rossiya (15,8%), Qozog‘iston (8,5%), Turkiya (7,0%), Janubiy Koreya (5,3%), Germaniya (2,4%) va Qirg‘iziston (2,1%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi, uning hissasi 37,4% yoki $7 672,3 mln.ni, eng kam ulush esa 0,9% yoki $184,7 mln darajasida Surxondaryo viloyatida qayd etildi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar