“Obod qishloq” dasturi natijalari BMT va YeXHT vakillarini hayratga solmoqda

“Obod qishloq” dasturi natijalari BMT va YeXHT vakillarini hayratga solmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihasining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Djon Makgregor Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida “Obod qishloq dasturi doirasida bunyod etilgan “Oltinko‘l” mahallasidagi yangi turar joy massivi bilan tanishdi.

Mirzacho‘lni o‘zlashtirishning dastlabki davrlarda – 1967 yilda tashkil etilgan Paxtakor tumanining yaqin yillargacha mehmonlarni qiziqtiradigan jihati yo‘q edi. Aksincha, cho‘lini o‘zlashtirishning dastlabki davrlarida qurilib, bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermay qolgan uylarning abgor holati, ijtimoiy infratizimning zaifligi aholiga katta qiyinchilik tug‘dirib kelayotgan edi.

Bugun tumanga kelgan mehmonlar yangi qiyofadagi turar joy massiviga duch kelishgandan hayratga tushganlarini aytishdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlaridan ko‘zlangan bosh maqsad – aholi ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilish ekanligining hayotiy ifodasini aynan shu yerda ham ko‘rish mumkin edi.

Tuman markazida 1960-1970 yillarda qurilgan 88 ta barak tipidagi uyning 611 ta xonadonda 939 ta oila qiynalib yashab kelgan edi. O‘tgan yili bu oilalar uchun Oltinko‘l mahallasi hududida 435 ta, «Olmazor» qishlog‘ida 305 ta jami 740 ta yakka tartibdagi zamonaviy milliy uslubdagi uy qurildi. Barak uylar egalarining qolganlari yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chib chiqdi.

Mehmonlar Oltinko‘l mahallasida turar joy massivida yangi uylarga ko‘chib chiqqan odamlarning yashash sharoiti bilan tanishdi. Kommunikatsiya tarmoqlari, elektr, gaz, ichimlik suvi, ichki yo‘llar qurilishidagi ishlar bilan ham qiziqdi. Mahallada «Paxtasanoat» OTAJ tomonidan bunyod etilgan 150 ish o‘rinli tikuvchilik sexi faoliyati bilan qiziqdi.

– Bu yerda ko‘rganlarim men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi, – deydi BMT Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer. – Odamlarning uy-joy bilan ta’minlash, ular uchun yashash sharoiti yaratib berish masalasi BMT faoliyatidagi eng muhim masala hisoblanadi. Biz, O‘zbekiston hukumatining bu masalani hal etishga juda katta e’tibor bilan qarayotganidan juda mamnunmiz. Biz intilishlarni har tomonlama qo‘o‘lab-quvvatlaymiz.

Shu o‘rinda bu yerda yana bir muhim jihatga, hukumat respublikadagi kam sonli millat vakillariga teng imkoniyatlar yaratib, ularga yashashlari uchun barcha qulayliklarni yaratib qo‘yganiga guvoh bo‘ldim. Yangi uylarda yashayotganlarning ko‘pchiligi respublikadagi kam sonli millat vakillari ekan. Bu juda yaxshi.

Xuddi shunday fikrlarni Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili ham bildirdi.

– Uy odamlarga faqat boshpana emas, bu inson behavotir yashaydigan eng birinchi maskandir, — deydi janob Djon Makgregor. – Bu yerda odamlar uy bilan ta’minlangan. Yana bir muhim jihat odamlarning yashashi uchun eng zarur vosita bo‘lgan ish joyidir. Yevropa standartlari talablariga yaqin tikuvchilik korxonasi barpo etilgani hukumat bu masalani ham hal etayotganligi natijasidir. Bu muvaffaqiyatlar odamni quvontiradi.

Shuningdek, mehmonlar mahalla guzari qurilishi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari, 50 nafar bolaga mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi, sun’iy to‘shamali sport maydonchasi qurilishi bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan ikki yilda Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublikaning 159 ta tuman, 30 ta shahar va Toshkent shahrining 11 tumanlaridagi jami 1116 ta qishloq va mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar