Tahlil natijalariga ko‘ra, Prezident nutqida asosiy o‘rinni «maqsad» so‘zi (11 marta) egallagan bo‘lib, strategik yo‘nalishlarning ustuvor ahamiyatini aks ettiradi. Shuningdek, mamlakat va milliy manfaatlar masalalariga katta e’tibor qaratilgan – «davlat» so‘zi 7 marta tilga olingan.
Muhim aksentlardan biri global kun tartibi va jahon chaqiriqlari bo‘lib, «global» so‘zi 8 marta ishlatilgan. Bu milliy vazifalarni xalqaro kontekstga uyg‘unlashtirishga intilishni ko‘rsatadi.
Xususan, Markaziy Osiyoning zamonaviy jarayonlardagi roli alohida ta’kidlangan. «Osiyo» so‘zi 7 marta, «Markaziy» esa 6 marta ishlatilib, nutqning mintaqaviy o‘lchamini ko‘rsatadi.
Kelgusi rivojlanish nuqtai nazaridan esa «yangi», «O‘zbekiston», «dunyo» va «harakat» kabi asosiy atamalar har biri 6 marta tilga olingan. Shu bilan birga, «ta’lim», «transport», «siyosat» va «sherik» so‘zlari 5 martadan, «platforma» va «mexanizm» so‘zlari esa 4 martadan ishlatilib, taklif etilgan tashabbuslarning institutsional xususiyatga egaligini ko‘rsatadi.
Umuman, tahlil Prezident nutqida mintaqaviy hamkorlik, global kun tartibi, mintaqadagi integratsiya, infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim va xalqaro sheriklik masalalari markaziy o‘rinni egallaganini tasdiqlaydi.
1-rasm. Kalit so‘zlar buluti
So‘z va iboralarni takrorlanishining tahlili
Nutqda tez-tez qo‘llanadigan ifodalar ajralib turadi. Eng ko‘p uchraydigan so‘z birikmasi — «Markaziy Osiyo» (6 marta). Shundan keyin «doimiy rivojlanish» (4 marta) tilga olingan.
Bundan tashqari, quyidagi ifodalar har biri 2 martadan ishlatilgan: «Osiyo davlatlari», «Yangi O‘zbekiston», «sun’iy intellekt», «sog‘liqni saqlash», «xotin-qizlar», «suv resurslari», «infratuzilma loyihalari», «terrorizmga qarshi», «gumanitar inqiroz».
Shu tariqa nutqda mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalari bilan birga, inson kapitali uchun muhim yo‘nalishlar — xotin-qizlar roli, sog‘liqni saqlash va suv resurslariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, innovatsiyalar, infratuzilma va xavfsizlik masalalari modernizatsiyaning asosiy yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
2-rasm. So‘zlarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanish tahlili
So‘zlarning mavzular bo‘yicha tahlili, davlat rahbari nutqida asosiy urg‘uni Markaziy Osiyoda hamkorlikka (18%) va transport va ekologik masalalarga (18%) qaratganini ko‘rsatadi.
Nutqning sezilarli qismi yoshlar va ma’naviyat mavzulariga hamda Yangi O‘zbekiston islohotlariga bag‘ishlangan — har biri 15%ni tashkil etgan.
BMT va global vaziyatga oid masalalar 12% ulushni, Afg‘oniston, G‘azo, Ukrainadagi xavfsizlik va gumanitar muammolar 10% ni tashkil qilgan.
Terrorizmga qarshi kurash, gender siyosati va ijtimoiy tenglik masalalari esa 6% ulushga ega bo‘lgan.
So‘zlarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash tahlili shundan dalolat beradiki, nutqda asosiy e’tibor mintaqaviy integratsiya va ichki rivojlanish masalalariga qaratilgan. Markaziy Osiyodagi hamkorlik va transport-ekologik tashabbuslarga katta ahamiyat berilishi mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash ustuvor yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, nutqning salmoqli qismi yoshlar, ma’naviy qadriyatlar va O‘zbekiston islohotlariga bag‘ishlangani ichki modernizatsiya vektorini namoyon qiladi. Xalqaro va gumanitar masalalar, jumladan xavfsizlik va gender siyosatini qamrab olishi esa milliy manfaatlar bilan uyg‘un global strategiya shakllantirilganini anglatadi.
Ilyos Rabbimov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish