35 yillik mustaqillik yillarida Özbekistonda çuqur siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy özgarişlar yuz berdi. Ajdodlarimiz asrlar davomida orzu qilgan jamiyat barpo etildi. Özbekiston dunyo xaritasida öz örni va ovoziga ega bölgan, suveren, demokratik va huquqiy davlat sifatida namoyon böldi.
Mustaqillikdan Yangi Özbekiston sari
Mustaqillikka erişilgandan keyingi 1991-2016 yillarda davlat mustaqilligini mustahkamlaş, milliy davlatçilik asoslarini yaratiş va barqarorlikni taʼminlaş borasida qator tadbirlar amalga oşirildi.
Mustaqillikning eng muhim asoslari bölgan davlat ramzlari, milliy valyuta (söm) va Boş qomus - Konstitutsiya qabul qilindi. Mamlakat xavfsizligi va sarhadlarini himoya qilişga qodir bölgan zamonaviy milliy armiya taşkil etildi. Mintaqadagi turli nizolar va içki tahdidlarga qaramay, mamlakatda tinçlik va millatlararo totuvlik saqlab qolindi.
Şörolardan oğir meros bölib qolgan mustamlaka iqtisodiyoti tugatildi va mustaqil iqtisodiyot barpo etildi. Maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot ham bartaraf etilib, bozor iqtisodiyotiga ötiş, şuningdek, mulkçilikning barça şakllari, jumladan, xususiy mulk paydo bölişining qonuniy asoslari yaratildi.
Mustaqillik arafasida yuz bergan iqtisodiy tanglik holatidan çiqildi, iqtisodiyot barqarorlaştirildi. Ğalla mustaqilligi taʼminlandi. Energiya mustaqilligi borasida muayyan işlar amalga oşirildi.
1992–2016 yillarda Özbekistonda sanoat tarmoqlari, xususan, yoqilği-energetika majmuasi, maşinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati ustun darajada rivojlantirildi. Maşinasozlik va metallni qayta işlaş, kimyo va neft-kimyo sanoatini yangilaş va modernizatsiya qiliş borasida muayyan işlar amalga oşirildi. Avtomobilsozlik (GM Uzbekistan), neft-kimyo sanoati (Şörtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualari) kabi yangi sohalar barpo etildi.
Qişloq xöjaligi xomaşyosini (xususan, paxta va ğalla) bevosita mahalliy korxonalarning özida qayta işlab, tayyor mahsulot çiqarişga qaratilgan tarmoqlar kengaytirildi. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, jumladan, xizmat körsatiş va kiçik işlab çiqariş tarmoqlari davlat tomonidan qöllab-quvvatlandi. Qamçiq dovoni orqali ötgan temir yöl va tunnel, yuqori tezlikda harakatlanuvçi zamonaviy “Afrosiyob” poyezdi işga tuşirildi.
Islohotlar strategiyasi va taraqqiyotning yangi modeli
2016 yildan mamlakatimiz tarixida Yangi Özbekistonni barpo etişga asos solgan çuqur özgarişlar boşlandi.
U yurtimiz tarixiga tub buriliş, yangilaniş va jadal modernizatsiya davri sifatida muhrlandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida boşlangan keng kölamli islohotlar mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qiyofasini butunlay va tubdan özgartirib yubordi.
Mazkur davrda “Inson qadri uçun” tamoyili davlat siyosatining boş mezoniga aylantirildi va milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş, xalq farovonligini oşiriş hamda xalqaro maydonda Özbekistonning nufuzini mustahkamlaş borasida misli körilmagan natijalarga erişildi.
Yangi iqtisodiy siyosat puxta öylangan, ilmiy asoslangan va strategik maqsadlarga tayangan dasturlar asosida amalga oşirila boşlandi. Bu davrda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va rahbarligida uçta yirik strategiya işlab çiqildi va izçillik bilan hayotga tatbiq etildi. “2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi”, “Yangi Özbekistonning 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasi” va “Özbekiston - 2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqdi.
Ular mantiqiy jihatdan bir-birini töldiruvçi dasturlar edi. Uşbu hujjatlar Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, davlat boşqaruvini modernizatsiya qiliş, iqtisodiyotni liberallaştiriş va ijtimoiy sohani jadal rivojlantiriş uçun mustahkam huquqiy va strategik poydevor yaratdi.
Taraqqiyot dasturlari va amalga oşirilgan islohotlarning ahamiyati juda katta böldi. Jumladan, “2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi” mamlakat hayotining barça sohalarini qamrab olgan dastlabki ulkan qadam böldi.
Harakatlar strategiyasi doirasida tasdiqlangan 2017 yil uçun möljallangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi bilan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan boş tamoyil ostida davlat va jamiyat boşqaruvi tubdan isloh qilindi. Hokimiyat organlarining aholi bilan töğridan-töğri aloqa qiliş tizimini yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va joylarda Xalq qabulxonalari taşkil etildi.
Iqtisodiyotda uzoq yillar davomida töplanib qolgan muammolarni hal etiş, ayniqsa, milliy valyutaning erkin konvertatsiyasini joriy qiliş va taşqi savdodagi tösiqlarni olib taşlaş aynan şu davrda amalga oşirildi. Bu islohotlar xorijiy investorlar uçun Özbekiston bozorini oçib berdi.
“2022–2026 yillarga möljallangan Taraqqiyot strategiyasi” uning mantiqiy davomi böldi. U mamlakatda inson huquqlari va qadr-qimmatini uluğlaş, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş va milliy iqtisodiyotni innovatsiyalar asosida yuksaltirişni maqsad qildi. Unda yalpi içki mahsulot hajmini keskin oşiriş, kambağallikni jiddiy qisqartiriş va tadbirkorlik uçun yanada keng imkoniyatlar yaratiş ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu strategiyalar doirasida qabul qilingan yil dasturlari davlat byudjetining katta qismini aynan ijtimoiy sohaga, taʼlim, tibbiyot va infratuzilmani yaxşilaşga yönaltirilişini taʼminladi.
Avvalgi strategiyalarning davomi sifatida qabul qilingan “Özbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatning örta va uzoq muddatli istiqboldagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlaniş yönalişlarini belgilab beruvçi, inson manfaatlarini boş öringa qöygan boş dasturiy hujjat hisoblanadi. Uning Prezidentning 2026 yil 16 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan yangilangan varianti esa jahondagi iqtisodiy va texnologik özgarişlar, real şaroitlar hamda keng jamoatçilik takliflari asosida islohotlarni yanada aniq, ölçanadigan va raqamlaştirilgan tizimga ötkazişga xizmat qiladi.
Strategiya taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş; barqaror iqtisodiy ösişni taʼminlaş uçun yalpi içki mahsuloti hajmini va aholi jon boşiga daromadlarni sezilarli oşiriş; suvni tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş va "yaşil iqtisodiyot"ga ötiş”; xalq xizmatidagi davlat apparatini yaratiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud tizimi mustaqilligini taʼminlaş” oçiq, pragmatik va faol taşqi siyosatni davom ettiriş, xavfsizlikni mustahkamlaş yönalişlarini qamrab olgan.
Uning yangilangan variantida YaIM hajmi avval belgilangan 160 milliard dollardan 240 milliard dollarga, aholi jon boşiga töğri keladigan daromad esa ilk variantdagi 4 000 dollardan 5 800 dollarga oşirildi.
Iqtisodiyot va tadbirkorlik
2016-2026 yillarda Özbekiston makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolgan holda, yuqori ösiş surʼatlarini namoyiş etdi. Jumladan, 2025 yilda YaIM hajmi 7,7 foizga ösdi va 147 milliard dollarga yetdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 25 avgust kuni ötkazilgan mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obʼyektlarni işga tuşiriş marosimida taʼkidlaganidek, “Sönggi ön yil mamlakatimiz tarixida yangi Uyğoniş davri – Uçinçi Renessans poydevorini quriş bosqiçi sifatida abadiy muhrlandi”.
Bu davrda iqtisodiyot hajmi 2,5 baravardan ziyod oşdi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 160 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, umumiy qiymati 76 milliard dollarlik 2 ming 163 ta yirik sanoat loyihasi işga tuşirildi, qariyb 6 million nafar aholi doimiy iş örni bilan taʼminlandi.
Iqtisodiyot şiddatli ravişda ösmoqda. Har oyda yangi-yangi zavod-fabrikalar qurib bitkalilmoqda. Masalan, 25 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev bir kunning özida 163 ta yangi obʼyektni işga tuşirdi.
Mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmi ham bir neça baravarga ortdi. Xorijiy investorlar uçun yaratilgan imtiyozlar, valyuta bozorining erkinligi va mulk huquqining kafolatlanişi natijasida Özbekiston Markaziy Osiyoda investitsiyaviy jozibadorlik markaziga aylandi. Sanoat sohasida anʼanaviy xomaşyo eksport qiluvçi davlatdan yuqori qöşilgan qiymatli tayyor mahsulotlar işlab çiqaruvçi mamlakatga aylaniş sari katta qadamlar taşlandi. Töqimaçilik, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, quriliş materiallari işlab çiqariş va elektrotexnika tarmoqlari iqtisodiy ösişning lokomotivlariga aylandi.
Taşqi savdo aylanmasi ham sezilarli darajada kengaydi. Özbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini örnatdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar uluşi ortdi, "Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlar jahon bozorlaridan munosib örin egalladi. Jahon savdo taşkilotiga (JST) aʼzo böliş jarayoni tezlaştirildi, bu esa milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarga çiqişi uçun yangi ufqlarni oçmoqda.
Bu davrda aholi real daromadlarining sezilarli ösişi va kambağallik darojasining keskin kamayişi taʼminlandi. Xususan, 2016 yildan 2025 yilgaça bölgan davrda Özbekistonda aholining real umumiy daromadlari qariyb 2 baravarga oşdi, kambağallik darajasi esa 2021 yildagi 17 foizdan 2025 yil yakuniga kelib 5,8 foizgaça pasaydi.
Yangi Özbekistonda sanoat sohasida texnologik inqilob amalga oşirildi. Kimyo va gaz-kimyo sanoatida Şörtan gaz-kimyo majmuasining kengaytirilişi, yangi metallurgiya zavodlarining qurilişi, töqimaçilik sohasida paxta xomaşyosini töliq mamlakat içida qayta işlaş tizimiga ötilişi tarixiy voqea böldi. Ilgari paxtani arzon narxda xomaşyo sifatida eksport qilgan Özbekiston, bugungi kunga kelib tayyor kiyim-keçak va yuqori sifatli iplar eksport qiluvçi yetakçi davlatga aylandi. Bu sohada klaster tizimining joriy etilişi qişloq xöjaligida yangi davrni boşlab berdi.
Qişloq xöjaligida majburiy mehnatga, jumladan, bolalar mehnatiga butunlay çek qöyildi. Bu islohot Özbekistonning xalqaro maydondagi obrösini yuksaltirdi va "Cotton Campaign” koalitsiyasining özbek paxtasiga boykotini bekor qilişiga olib keldi. Yerlardan foydalaniş samaradorligini oşiriş, tomçilatib suğoriş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş davlat tomonidan subsidiyalandi. Bu çora-tadbirlar global iqlim özgarişi va suv tanqisligi şaroitida ham qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmini barqaror saqlaş va oşiriş imkonini berdi.
Tadbirkorlik sohasida ham tub özgarişlar yuz berdi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning "Agar xalq boy bölsa, davlat ham boy va qudratli böladi” degan ğoyasi asosida tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun keng yöl oçildi. Ular faoliyatini asossiz tekşirişlar taqiqlandi, litsenziyalaş va ruxsat beriş tartiblari soddalaştirildi. Soliq islohotlari natijasida qöşilgan qiymat soliği (QQS) stavkasi 20 foizdan 12 foizga tuşirildi, bu esa biznes vakillari ixtiyorida trillionlab mablağlar qolişini taʼminladi.
Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi uluşi 50 foizdan oşdi va u aholini iş bilan taʼminlaydigan öta muhim sohaga aylandi. Har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, xotin-qizlar va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş böyiça imtiyozli kreditlaş dasturlari yölga qöyildi. Bu çoralar tufayli yuz minglab yangi iş örinlari yaratildi, aholining tadbirkorlik taşabbuslari davlat tomonidan moliyaviy rağbatlantirildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali çekka qişloqlardagi minglab oilalar barqaror daromad manbaiga ega böldi.
Bu davrda mamlakatimiz qiyofasi tubdan özgartirildi. Yöl-transport, energetika va kommunal sohalarda keng kölamli quriliş-obodonlaştiriş işlari olib borildi. Minglab kilometrlik içki yöllar asfaltlandi, xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yöllari rekonstruksiya qilindi. Temir yöl transporti tizimida elektrlaştiriş işlari jadallaşib, tezyurar "Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yangi hududlarni, jumladan Xiva va Buxoroni qamrab oldi.
Energetika sohasida qayta tiklanuvçi energiya manbalariga - quyoş va şamol energetikasiga ötiş böyiça Markaziy Osiyoda yetakçilik pozitsiyasi egallandi. Saudiya Arabistonining "ACWA Power”, BAAning "Masdar” va boşqa yirik xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yirik quyoş va şamol elektr stansiyalari işga tuşirildi. Bu yaşil energetika loyihalari mamlakatning ekologik barqarorligini taʼminlaş va elektr energiyasi taqçilligini bartaraf etişda muhim qadam böldi.
Urbanizatsiya jarayonlari ham yangi bosqiçga çiqdi. "Obod qişloq” va "Obod mahalla” dasturlari doirasida yuzlab çekka hududlar zamonaviy qiyofaga ega böldi, içimlik suvi va tabiiy gaz tarmoqlari tortildi. Şaharlarda aholi uçun arzon va şinam köp qavatli uy-joylar qurilişi surʼati keskin oşdi. Yangi Toşkent şahri loyihasi kabi mega-loyihalar boşlandi, bu esa mamlakatning iqtisodiy qudrati va arxitekturaviy salohiyatini namoyiş etadi.
Inson kapitali
2016-2026 yillarda ijtimoiy siyosat davlat faoliyatining eng markaziy yönalişi böldi. Uzoq yillar davomida yaşirib kelingan kambağallik muammosi tan olindi va uni qisqartiriş böyiça tizimli işlar boşlandi. Mahallabay işlaş tizimi joriy etilib, "Temir daftar”, "Ayollar daftari” va "Yoşlar daftari” orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam manzilli qöllab-quvvatlandi. Ular keyinçalik yagona yagona elektron platformaga birlaştirildi. Mahallalarda "hokim yordamçilari” va " yoşlar yetakçilari” lavozimlari joriy etilgani muammolarni joyida hal etiş samaradorligini oşirdi.
Taʼlim tizimini rivojlantiriş sohasida tub buriliş yasaldi. Maktabgaça taʼlim bilan qamrov darajasi 2016 yildagi 27 foizdan 2026 yilga kelib 74 foizdan oşdi. Oliy taʼlim sohasida ham katta islohotlar amalga oşirildi: oliy öquv yurtlari soni 60 tadan 210 dan ziyodga yetkazildi, qamrov darajasi esa 9 foizdan 43 foizdan yuqori körsatkiçga kötarildi. Mamlakatda nufuzi xalqaro xorijiy universitetlarning filiallari oçildi, oliy taʼlim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi. Maktab taʼlimi tizimida Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoği yaratildi, bu esa iqtidorli yoşlarni tarbiyalaşda muhim omil böldi.
Soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş, ayniqsa, birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş, tibbiyotni raqamlaştiriş va ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlarni hududlarga yaqinlaştiriş borasida ulkan işlar bajarildi. Tez tibbiy yordam tizimi zamonaviy avtotransport vositalari va aloqa tizimlari bilan töliq yangilandi. Kam taʼminlangan oilalarga bepul tibbiy xizmat körsatiş hajmi kengaytirildi, davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlari bosqiçma-bosqiç joriy etila boşlandi.
Dunyoga oçiliş
Bir paytlar yopiqlik siyosati bilan yaşagan mamlakat 2016 yildan boşlab taşqi siyosatda oçiqlik, pragmatizm va yaxşi qöşniçilik tamoyillariga ötdi. Markaziy Osiyo mintaqasi davlat taşqi siyosatining ustuvor yönalişi etib belgilandi. Köp yillar davomida hal etilmay kelinayotgan çegara muammolari, suv-energetika masalalari va transport koridorlari böyiça qöşni davlatlar - Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan döstona va özaro manfaatli kelişuvlarga erişildi. Buning natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi - işonç va hamkorlik muhiti şakllandi.
Şuningdek, Özbekistonning BMT, Şanxay hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti kabi xalqaro tuzilmalardagi faolligi sezilarli darajada ortdi. Mamlakat tomonidan ilgari surilgan global va mintaqaviy taşabbuslar, jumladan, Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qiliş töğrisidagi BMT rezolyusiyasi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qöllab-quvvatlandi. Özbekiston jahon siyosatida faol kuç, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikning kafolati sifatida tan olindi.
Taraqqiyotning yangi bosqiçi
Muxtasar aytganda, 1992-2026 yillarda Özbekiston tom maʼnoda haqiqiy mustaqil, bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan davlatga aylandi. Ayniqsa, 2016–2026 yillar Özbekiston uçun nafaqat yuksak makroiqtisodiy körsatkiçlarga erişiş davri, balki jamiyatning dunyoqaraşi özgargan, xalqning davlatga va kelajakka bölgan işonçi mustahkamlangan tarixiy bosqiç böldi. Harakatlar strategiyasidan boşlanib, Taraqqiyot strategiyasi va "Özbekiston - 2030” strategiyasi bilan davom etayotgan izçil islohotlar mamlakatning barqaror rivojlanişini taʼminlamoqda.
Bugungi Yangi Özbekiston - iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan, aholining real turmuş darajasi tobora oşib borayotgan, tadbirkorlik qöllab-quvvatlanayotgan, taʼlim va ilm-fanga yuksak eʼtibor qaratilayotgan, xalqaro maydonda öz söziga ega bölgan qudratli davlatdir.
Şu kunga qadar bosib ötilgan zafarli yöl mamlakatning töğri strategik yönalişda ketayotganini isbotladi, Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans asoslarini barpo etiş uçun mustahkam zamin yaratdi. Aholi farovonligini oşiriş, fuqarolarning tinç, munosib va farovon hayotini taʼminlaş amalga oşirilayotgan islohotlarning ustuvor yönalişi bölib qolmoqda.
Taʼkidlaş lozimki, erişilgan natijalar Yangi Özbekistonning kelajagini belgilab beradigan kelgusi rivojlaniş va vazifalarni hal etiş uçun asos barpo etdi. Bu davr jamiyat hayotining barça jabhalari butunlay özgartirilgan va jadal rivojlanayotgan zamonaviy mamlakatga aylangan davlat tarixining öta muhim va tub buriliş bosqiçi sifatida zarhal harflar bilan yoziladi!
Odil Olimjonov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
"Iqtisodiy şarh" jurnali №9/2026
Izoh qoldiriş