O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi oshmoqda

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi oshmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil noyabr oyida 1040 birlikni tashkil etib, oktyabr oyiga nisbatan 4,0 foizga oshgan. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 9,4 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2022 yilning noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 4,0 foizga oshib, 1040 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,2 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,0 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 5,8 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 37,8foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Jizzax viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2022 yil noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda o‘tgan oyga (2022 yil oktyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Jizzax (50,2%), Samarqand (48,2%), Toshkent (40,4%), Surxondaryo (38,9%), Buxoro (37,8%) va Farg‘ona (34,3%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2022 yil noyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 125,2 ming tani tashkil etdi va 2022 yilning oktyabr oyiga nisbatan 411,4 ming tranzaksiyaga (7,2%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 11 ta hududda oshgan.

2022 yil noyabrda respublikaning 11 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (27,7%), Samarqand (10,8%), Farg‘ona (6,7%) viloyatlari va Toshkent shahrida (8,0%) kuzatilgan. Shu bilan birga Jizzax (-5,7%), Sirdaryo (-4,0%) va Qashqadaryo (-1,7%) viloyatlarida kamayish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2022 yilning noyabr oyida IFIning birja komponenti 1,0584 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 5,8 foizga oshganligini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 11,5 foizga va bitimlar sonining 0,1 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil noyabr oyida 6 355,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,3 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2022 yil noyabr oyida 1,0103 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,0 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham ijobiy o‘zgarib, 13,1 foizga oshgan.

2022 yil noyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2022 yilning oktyabr oyiga (624 907 birlik) nisbatan 8 144 taga ko‘payib, 633 051 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 16 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 512 637 tadan 520 199 tagacha ko‘paygan (o‘sish 7 562 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 108 633 tadan 109 199 tagacha (o‘sish 566 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 653 tani tashkil etib, 2022 yilning oktyabr oyiga nisbatan 16 taga ko‘paygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2022 yil noyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,6221 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning oktyabr oyiga nisbatan 37,8 foizga kamaygan. Joriy yilning noyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 163 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1040

↑1,0720

↑1,0584

↑1,0103

↓0,6221

Jizzax viloyati

↑1502

↓0,9426

↑2,0000

↑1,0078

↑5,0000

Samarqand viloyati

↑1482

↑1,1085

↑2,0000

↑1,0169

↑2,3333

Toshkent viloyati

↑1404

↑1,0485

↑2,0000

↑1,0125

↓0,4800

Surxondaryo viloyati

↑1389

↑1,0453

↑2,0000

↑1,0142

↓0,0000

Buxoro viloyati

↑1378

↑1,0139

↑2,0000

↑1,0158

↓0,0000

Farg‘ona viloyati

↑1343

↑1,0667

↑1,8590

↑1,0047

↓0,1765

Andijon viloyati

↑1149

↑1,2767

↑1,0756

↑1,0107

↑1,6667

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1064

↑1,0468

↑1,1209

↑1,0251

↓0,8000

Qashqadaryo viloyati

↑1055

↓0,9826

↑1,1728

↑1,0085

↓0,6667

Toshkent shahri

↑1047

↑1,0798

↑1,0595

↑1,0220

↓0,6962

Namangan viloyati

↑1044

↑1,0531

↑1,1132

↓0,9967

↓0,3750

Xorazm viloyati

↑1020

↑1,0250

↑1,0394

↑1,0151

↓0,7500

Navoiy viloyati

↓974

↑1,0572

↓0,8808

↑1,0067

↑1,0000

Sirdaryo viloyati

↓969

↓0,9602

↓0,9942

↑1,0239

↓0,3333

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1094

↑1,1846

↑1,0398

↑1,1312

↓0,4808

Xorazm viloyati

↑1457

↓0,8765

↑2,0000

↑1,1843

↑3,0000

Andijon viloyati

↑1456

↑1,2089

↑1,9283

↑1,1134

↓0,5556

Jizzax viloyati

↑1448

↓0,9383

↑2,0000

↑1,1109

↑2,5000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1422

↓0,8828

↑2,0000

↑1,1513

↑2,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1370

↓0,8756

↑2,0000

↑1,1522

↓0,3333

Surxondaryo viloyati

↑1325

↓0,8331

↑2,0000

↑1,0592

↓0,0000

Buxoro viloyati

↑1316

↓0,7949

↑2,0000

↑1,0825

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1272

↓0,7576

↑1,7457

↑1,1288

↑2,0000

Toshkent shahri

↑1214

↑1,4595

↑1,0366

↑1,2482

↓0,4783

Farg‘ona viloyati

↑1212

↓0,8599

↑1,6282

↑1,1478

↓0,2308

Toshkent viloyati

↑1161

↓0,7866

↑1,5690

↑1,0838

↓0,6667

Namangan viloyati

↑1138

↓0,7844

↑1,5157

↑1,1117

↓0,4286

Samarqand viloyati

↑1114

↑1,0272

↑1,2122

↑1,1500

↓0,5385

Navoiy viloyati

↑1005

↓0,9646

↑1,0251

↑1,1262

↓0,3077

Ruslan Abdullayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar