2026 yil 1 oktyabr holatiga Andijon viloyatining doimiy aholisi soni 3 574,4 ming kişini taşkil etib, ötgan yilning şu sanasiga nisbatan 1,7 foizga oşdi va respublika aholisining 9,0 foizini taşkil etdi. Aholining 52,2 foizi şahar joylarida, 47,8 foizi qişloq joylarida yaşaydi. Aholining 50,4 foizini erkaklar, 49,6 foizini ayollar taşkil etadi. Aholi ziçligi har bir kvadrat kilometrga 830,9 kişini taşkil etdi (2022 yilda – 768,2 kişi).
Hududlar kesimida eng köp aholi Andijon şahri (429,3 ming kişi), Andijon tumani (366,5 ming kişi) va Asaka tumani (364,6 ming kişi) hissasiga töğri keladi. Aholi sonining eng yuqori ösiş surʼati Şahrixon tumani (102,3 foiz), Paxtaobod tumani (102,1 foiz) va Xöjaobod tumani (102,1 foiz) qayd etildi.
2026 yil yanvar–sentyabr oylarida 57,9 ming nafar tirik tuğiliş va 11,6 ming nafar vafot qayd etilib, tabiiy ösiş 46,3 ming kişini taşkil etdi. Tuğiliş koeffitsiyenti 21,8 promille (respublikada – 21,7), ölim koeffitsiyenti 4,4 promille (respublikada – 4,2), tabiiy ösiş koeffitsiyenti 17,4 promille (respublikada – 17,5) böldi. Tuğilganlar soni 2025 yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming kişiga kamaydi, 2023 yildagi eng yuqori darajaga (66,3 ming) nisbatan esa 12,7 foizga kam.
Tuğilganlarning 51,5 foizi öğil bolalar, 48,5 foizi qiz bolalar bölib, har 100 nafar qiz bolaga 106,0 nafar öğil bola töğri keladi (respublikada – 106,8). Tuğilganlarning 50,3 foizi şahar joylarida qayd etildi.
Şu davrda 15,2 mingta nikoh va 3,6 mingta ajrim qayd etildi (koeffitsiyentlar mos ravişda 5,7 va 1,4 promille). 2025 yilning mos davriga nisbatan nikohlar soni 0,3 mingtaga köpaydi, ajrimlar soni 0,1 mingtaga kamaydi. Har 100 ta nikohga 23,7 ta ajrim töğri keladi (respublikada – 21,4 ta).
Yanvar–sentyabr oylarida viloyatga 10 338 kişi köçib kelgan (şundan xorijdan – 18 kişi), viloyatdan 12 111 kişi köçib ketgan (şundan xorijga – 37 kişi).
Bobur Nabiyev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali
Izoh qoldiriş