Garvard universitetining Taraqqiyot laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini nashr qildi, unda eksportning texnologik murakkabligi va eksportni diversifikatsiya qilish asosida mamlakatlar reytingi tuzilgan.
Joriy yilning aprel oyida Harvard Growth Lab (Garvard universitetining fanlararo loyihasi) tahlilchilari 2023 yilgi ma’lumotlarni qo‘shib, Iqtisodiy murakkablik atlasini yangiladilar va 145 ta jahon iqtisodiyotini o‘z ichiga olgan Iqtisodiy murakkablik indeksining qiymati bo‘yicha mamlakatlarning reytingini taqdim etdilar.
O‘zbekiston so‘nggi 5 yil ichida 25 pog‘ona yuqorilab, 145 ta mamlakat orasida 80-o‘rinni egallab, Iqtisodiy murakkablik reytingida o‘z mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi.
O‘zbekiston reytingda 80 – o‘rinni, Turkiya 44 – o‘rinni, Vetnam 53 - o‘rinni, Qozog‘iston 84 - o‘rinni (6 o‘rin pasayish), RF 94 - o‘rinni (5 pozitsiya yo‘qotish), Tojikiston 124 - o‘rinni (5 pozitsiyaga ko‘tarilish), Turkmaniston 126-o‘rinni (12 pozitsiyaga yomonlashish) egalladi. TOP-3 mamlakat qatoriga quyidagilar kiradi: 1-Shveysariya, 2 – Yaponiya, 3 – Singapur.
Mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda, eksport yiliga o‘rtacha 20,5%ga o‘sdi, bu mintaqadagi mamlakatlarining boshqa mamlakatlaridagi o‘sish sur’atlaridan ancha yuqori. Shu bilan birga, xomashyo resurslaridan tashqari tayyor mahsulotlar eksport yiliga 21,9 foizga o‘sdi va jahon bo‘yicha o‘rtacha o‘sishdan yuqori bo‘ldi.
5 yil davomida eksport o‘sishiga o‘rta qayta ishlangan sanoat tovarlari katta hissa qo‘shdi Ishlab chiqarish yanada murakkabroq bo‘lgan mahsulotlar ichida eng yuqori o‘sish sur’atlari transport (89%), sanoat uskunalari (77%), elektrotexnika (59%) bo‘yicha qayd etildi.
O‘zbekiston eksport portfeliga 67 ta yangi mahsulot qo‘shdi, bu 2,1 milliard dollar daromad keltirdi hamda diversifikatsiya va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha muvaffaqiyatli strategiyani tasdiqladi. Ushbu mahsulotlar 2023 yilda aholi jon boshiga 59 dollar daromad keltirdi.
Harvard Growth Lab hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston jahon bozorida raqobatbardosh ustunlikka erishgan 162 turdagi mahsulotlarga ega bo‘lib, bu uning jahon iqtisodiyotdagi salohiyatini namoyon etadi.
2033 yilgacha iqtisodiy o‘sish prognozlari
2033 yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyotining yillik o‘rtacha o‘sishi 5,6%ni tashkil etishi kutilmoqda, bu esa dunyoda ikkinchi yuqori ko‘rsatkichdir.
Yaqin o‘n yilliklarda Vetnamda yillik o‘sish ko‘rsatkichlari 4,8%, Tojikistonda – 4%, Qirg‘izstonda – 3,9%, Gruziyada – 3,6%, Qozog‘istonda – 3,6%, Armanistonda – 3,3%, Bangladeshda – 3%, Turkmanistonda – 2,7%, Belarusda – 2,4%, Ozarbayjonda – 2,2%, Rossiyada – 1,1%ni tashkil etadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda, resurslarni qishloq xo‘jaligi kabi kam unimdor tarmoqlardan resurslarni elektronika va mashinasozlik kabi yanada samaraliroq tarmoqlarga yo‘naltirmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar m arkazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish