Ishbilarmonlik faolligi indeksi oktyabr oyida ham o‘sishda davom etdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil oktyabr oyida 1066 birlikni tashkil etib, sentyabr oyiga nisbatan 6,6 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 6,4 foizlik o‘sish qayd etildi.
Izoh qoldirish