Respublika tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 37,7%i MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi.
2021 yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 37,7%i MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2020 yilning mos davriga nisbatan ulushi 5,1%ga ko‘paygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2020 yilning mos davriga nisbatan 5,1%ga kamaydi va jami TSAdagi ulushi 62,3%ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021 yil yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 15,9 mlrd.dollarni tashkil etdi. Shundan eksport – 5 407,6 mln.dollarga yetgan bo‘lsa, import – 10 460,2 mln.dollar qiymatida qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (47,4%), Qozog‘iston (24,6%) hamda Qirg‘iz Respublikasi (6,0%) davlatlari bilan qayd etildi.
Izoh qoldirish