2024 yil 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Prezident o‘z nutqida deputatlar va siyosiy partiyalar vakillari bilan faol muloqot o‘rnatib, ularning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki muhimligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari erishilgan natijalarga e’tibor qaratib, besh yillik davr yakunlarini sarhisob qildi va 2030 yilgacha bo‘lgan strategik maqsadlarni belgilab oldi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) mutaxassislari ushbu nutqning mamlakatning strategik rivojlanishiga oid lingvistik tahlilini o‘tkazdilar.
Ushbu tahlil nafaqat nutq mazmunini, balki uning O‘zbekistondagi siyosiy muhit va jamoatchilik idrokiga ta’sirini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, bu esa hukumat va jamiyatning o‘zaro hamkorligi kelgusi besh yilga mo‘ljallangan maqsadlar doirasida mamlakat kelajagini shakllantirishga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
Tahlil quyidagilarni ko‘rsatdi:
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqida jami 3318 ta so‘z ishlatgan. Eng uzun so‘zlar 23 harfdan iborat bo‘lib, bu siyosiy va iqtisodiy mavzularga xos murakkab atamalar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga nutqda qo‘llanilgan so‘zlar o‘rtacha 7 ta harfdan iborat bo‘lgan.
Nutq matnidan so‘zlar buluti hosil qilindi va bu nutqdagi eng muhim mavzularni tasavvur qilish imkonini yaratadi hamda O‘zbekistondagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
1-rasm. O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 20.11.2024 yilda o‘tkazilgan majlisidagi nutqida eng ko‘p qo‘llanilgan so‘zlari
Prezident nutqining lingvistik tahlilida asosiy kalit so‘zlar, "hukumat" so‘zi 29 marta, “aholi” va “davlat” so‘zlari 18 marta, “rahbar” so‘zi 16 marta, “qonun” va “dastur” so‘zlari 15 marta, “iqtisodiyot” so‘zi 14 marta va “tizim” so‘zi 13 marta ishlatilgan.
“Mamlakat” va “deputat” so‘zlari 9 marta qo‘llangan bo‘lsa, “O‘zbekiston”, “xalqimiz”, “xizmat” va “sifat”, “parlament” so‘zlari 8 marta, “investitsiya” va “imkoniyat”, “vazirlik” so‘zlari 7 marta, “energiya”, “ta’lim” va “yoshlar” so‘zlari 6 marta tilga olingan.
Ikki so‘zli iboralarni tahlil qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, “Vazirlar mahkamasi” iborasi 6 marta, “Markaziy Osiyo”, “Bosh vazir” iboralari 5 marta, “yangi hukumat” iborasi 4 marta qo‘llanilgan. “Yangi O‘zbekiston”, “tashqi siyosat”, “kambag‘allikni qisqartirish” iboralari esa 3 marta tilga olingan.
Uch so‘zdan tashkil topgan iboralardan “kelgusi besh yil” iboraci 5 marta, “yalpi ichki mahsulot” iboraci 3 marta, “parlament va hukumat”, “ijro etuvchi hokimiyat”, “jon boshiga daromad” va “suv tejaydigan texnologiya” iboralari 2 marta tilga olingan.
Shunday qilib, tahlilda davlat siyosatining boshqaruv, iqtisod va ijtimoiy masalalar kabi eng muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Yo‘nalishlar va ularda ishlatilgan so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi
2-rasm. Yo‘nalishlar va ularda ishlatilgan so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi
Taqdim etilgan tahlilda davlat siyosatining turli yo‘nalishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan kalit so‘zlar ta’kidlangan.
Yalpi ichki mahsulot hajmini oshirishda kalit so‘zlar "aholi", "mahsulot", "imkoniyat" va "tizim" hisoblanadi. Bu so‘zlar resurslarni samarali boshqarish va o‘sish uchun imkoniyatlar yaratish muhimligini ta’kidlaydi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atini oshirish yo‘nalishida "hukumat", "eksport", "investitsiya", "xizmat" va "texnologiya" so‘zlari asosiy o‘rin egalladi. Ular iqtisodiyotni rag‘batlantirishda davlat va xususiy sektorning roliga e’tibor qaratmoqda.
Kambag‘allikni kamaytirishda "mahalla", "oila", "aholi", "dastur" va "ta’lim" kabi so‘zlar markaziy o‘rinni egalladi. Bu atamalar mahalliy jamoalar va ta’lim sharoitlarini yaxshilashga qanday yordam berishini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot va aholi daromadlarini o‘stirish yo‘nalishida "sanoat", "energiya", "hukumat", "daromad" va "investitsiya" so‘zlariga alohida urg‘u berilgan. Bu iqtisodiyotni rivojlantirish va turmush darajasini oshirishga kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.
Sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirishga tegishli kalit so‘zlar "hukumat", "tibbiy", "ta’lim", "sifat" va "maktab" muhim ahamiyat kasb ettirdi. Ushbu atamalar inson kapitaliga sarmoya kiritish muhimligini ta’kidlaydi.
"Qonun", "rahbar", "hukumat", "hamkorlik", "parlament", "deputat", "davlat" va "sifat" terminlari davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilishda "Osiyo", "davlat", "mintaqaviy" va "hamkorlik" so‘zlariga alohida e’tibor qaratilgan.
2025 yilni nomlash mavzusi "yashil energiya", "iqlim", "atrof-muhit" va "asrash" atamalari bilan bog‘liq.
Shunday qilib, yuqoridagi tahlildan ko‘rinadiki, mamlakat iqtisodiyoti va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha kompleks yondashuv qo‘llanilib, har bir yo‘nalishda aniq strategik maqsadlar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Barcha savollar uchun quyidagi telefon orqali bog‘lanish mumkin: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish