Pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramasdan soliq tushumlari rejasi 104 % bajarilgan

Pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramasdan soliq tushumlari rejasi 104 % bajarilgan

20 yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan "2020 yil sarhisobi: Soliq xizmati organlari tizimida raqamlashtirish" mavzusidagi matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Elmuradov 2020 yilga belgilangan 99,6 trillion so‘mlik soliq tushumlari rejasi qanchaga bajarilgani to‘g‘risida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida soliq jarayonlarini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda, 22 ta yangi xizmat joriy qilindi va axborot tizimlari kompleksini Yagona platformaga o‘tkazish choralar ko‘rildi.

Pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramasdan 2020 yilga belgilangan 99,6 trillion so‘mlik soliq tushumlari rejasi 103,6 trillion so‘mga (104 %) yoki 4 trillion so‘mga qo‘shimcha daromadlar bilan bajarildi (2019 yildagi 83,3 trillion so‘mga nisbatan o‘sish 124,4 foiz).

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi tizimi takomillashtirildi: Davlat soliq qo‘mitasining 14 ta hududiy bo‘linmalari darajasida markazlashtirilgan boshqaruv mexanizmi joriy etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar