Markaziy bank 2020 yildan inflyasion targetlashga o‘tadi

Markaziy bank 2020 yildan inflyasion targetlashga o‘tadi

O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tadi. Bu haqda prezidentning 19 noyabrdagi farmonida so‘z boradi. Inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Inflyasion targetlash, bu — davlat idoralari tomonidan mamlakatda inflyasiyani nazorat qilish uchun ko‘radigan monetar chora-tadbirlar majmuidir. Buning uchun o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozni belgilanishi, so‘ngra prognozdan chetga chiqqan taqdirda — iqtisodiyotdagi maqbul holatga qaytishga imkon beruvchi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi kerak.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar