Milliy Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2025 yil yanvar-iyun oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 21,7 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 107,9% ni tashkil etdi.
YaHM tarkibida qishloq, xo‘jaligi ulushi 2024 yilning mos davriga nisbatan 0,7 punktga kamaygan bo‘lsada (31,4%) respublika ko‘rsatkichidan (14,6%) 2 barobar yuqori.
YaHM da sanoat ulushi 20,6% (+1,0), qurilish ishlari ulushi 7,8% (+0,3), xizmatlar ulushi 40,2% (-0,6) ni tashkil etdi.
Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 112,1% (1-o‘rin), qurilish ishlari 119,7% (1-o‘rin) o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda (7 612 ming.so‘m) 3-o‘rin, Yalpi hududiy mahsulotlar ishlab chiqarishda (14 065 ming.so‘m) 6-o‘rin, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (10 285 ming.so‘m), asosiy kapitalga investitsiyalar (7 556 ming.so‘m) va qurilish ishlarida (2 574 ming.so‘m) 7-o‘rinda.
Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 4 477 ming so‘mni tashkil etdi. (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1506 ming so‘mga kam, 9-o‘rin).
Iste’mol narxlari indeksi iyun oyi oxirida 0,41%ga tushdi (o‘tgan yilning shu davrida narxlar 8,3%ga o‘sgan). Yillik ko‘rsatkichda narxlarning o‘sishi 3,7%ni tashkil etdi (2024 yil iyun oyi yakuni bo‘yicha 5,3%).
Yil boshiga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 2,0% ga, noooziq-ovqat mahsulotlari 3,1% ga, xizmatlar 8,5% ga o‘sdi.
Joriy yilda 1 781 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etildi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 29 189 tani tashkil etib, ularning atigi 54,6% yoki 15 492 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kichik biznes sub’yektlarining YaHMdagi ulushi 68,9%, sanoatda 26,5%, qishloq xo‘jaligida 98,8%, investitsiyalarda 72,5%, qurilishda 88,7%, chakana savdo aylanmasida 93,7%, eksportda 79,2%, importda 13,7% ni tashkil etdi.
Xujakulov Ulug‘bek Suvonkulovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish