Joriy yilning 18 noyabr kuni Mozori-Sharif shahrida (Afg‘oniston) O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasini Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining huquq va xalqaro shartnomalar departamenti direktori janob Xalilulloh Abaviy qabul qildi.
Muzokaralar davomida aviatsiya qatnovlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari haqida so‘z bordi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha konstruktiv fikr almashildi, shuningdek, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida parvozlarni ko‘paytirish hamda tayinlangan aviakompaniyalarning parvozlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha Mozori-Sharif shahridan Toshkentga parvozlarni boshlash uchun huquqiy asos hisoblangan tegishli kelishuvlarga erishildi.
Afg‘on tomoni “Kam Eyr” aviakompaniyasi tegishli tashkiliy-texnik tartibotlar yakuniga yetgandan so‘ng Mozori-Sharif shahridan Toshkentga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun tayyorligini bildirdi (taxminan joriy yilning dekabr oyida).
Izoh qoldirish