2019 yil 3 dekabr kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Pankaj Saran, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vijay Thakur Singh hamda TIV departamenti direktori Dipak Mittal bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar chog‘ida ikki mamlakatning afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash yo‘llari, shuningdek, ushbu mamlakatda turli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Hindiston tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan rivojlantirish borasidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Suhbatdoshlar so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘on muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynamoqda va bunda avvalo Afg‘oniston xalqi manfaatlarini ilgari surmoqda.
Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini tayyorlash bo‘yicha Ta’lim markazi bazasida Afg‘oniston uchun milliy kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Hindiston tomoni ushbu Markazda Afg‘onistonda eng ko‘p talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Izoh qoldirish