Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozorini sarhisob qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozorini sarhisob qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni tahlil qilib boradi.

Mart oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi deyarli 109 ming donani tashkil etdi. Umuman olganda, avtomobil bozori oy davomida 5,8%ga kamaydi.

Mart oyida 96,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu o‘tgan oyga nisbatan 12,1%ga kam.

Hududlar bo‘yicha Surxondaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida yengil avtomobillar bozorida savdo hajmining eng katta pasayish qayd etildi.

2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar savdosi 3,2%ga qisqarib, 334,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Birlamchi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyatga kelsak, bu yerdagi bozor pasayish tendensiyasiga ega. Oy davomida sotuvlar 16,7%ga kamaygan holda 24 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan avtomobil bozorining ushbu segmenti 0,2%ga biroz pasaydi.

Shu bilan birga, oy davomida mamlkatimizda ishlab chiqarilgan 19,54 mingta yengil avtomobillari sotildi, bu o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan 17,2%ga kam.

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar segmenti

Oy davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori savdosi 13,7%ga pasaydi. Mart oyida jami 2,3 mingta xorijiy avtomobillar sotilgan. O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan sotuvlar 20%ga kamaydi.

Yengil avtomobillar ikkilamchi bozori

Ikkilamchi bozorda sotuvlar 10,6%ga kamaydi. Mart oyida jami 74,6 mingta haydalgan yengil avtomobillar sotilgan. Yillik ko‘rsatkichlarda 16%ga sezilarli pasayish kuzatildi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

Elektromobillar bozori mo‘’tadillasha boshladi. Shunday qilib, mart oyida yengil elektromobillar savdosi atigi 0,1%ga oshdi.

Biroq, yillik hisobda sotuvlar 2,4 barobar oshdi.

2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, savdo hajmi ham 3,7 barobarga ko‘payib, 8 mingta avtombildan oshdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar