2022 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 13539,7 mlrd.so‘mni tashkil qildi. 2021 yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,4%ni tashkil etib, shundan dehqonchilik mahsulotlari 103,7% va chorvachilik mahsulotlari 100,8%ga ortgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining viloyatdagi eng yuqori ulushi Oltiariq (1323,4 mlrd.so‘m), Rishton (996,5 mlrd.so‘m), Quva (981,4 mlrd.so‘m) va Farg‘ona (978,9 mlrd.so‘m) tumanlariga to‘g‘ri kelgan. So‘x (187,4 mlrd.so‘m) tumanida esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi viloyatning boshqa tumanlariga nisbatan kamroq.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona (107,0%), Dang‘ara (106,8%) va Quvasoy (106,1%) tumanlarida qayd etildi. Uchko‘prik(98,4%), Quva (98,0%) va So‘x (95,3%)tumanlarida esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayish kuzatilgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 56,7% chorvachilik, 43,3% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida 85,8 ming tonna tirik vaznda go‘sht, 606,8 ming tonna don va dukkakli mahsulotlari, 490,8 ming tonna sut va 421,5 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi.
O‘simlikchilik mahsulotlarining 53,5%, chorvachilik mahsulotlarining 87,9% dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirildi.
Izoh qoldirish