Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2026 yil fevral oyida 1124 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 12,4 foizga ortgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 24,2 foizga o‘sish kuzatilgan, Grafik №1).

Joriy yilning fevral oyida IFI komponentlari darajasidagi quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisob-varaqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 22 foizga ortgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom-ashyo sotib olish jadalligi 10,6 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,9 foizga ortgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 9,4 foizga oshgan;
Shuningdek, 2026 yil fevral oyida IFI 13 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan (Grafik №2).

Jumladan, Andijon (44,8 %), Sirdaryo (41,7 %), Toshkent (33,3 %) va Qashqadaryo viloyatida (28,2 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (Jadval №1, 2).
Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,5 % ga kamayib mo‘’tadil darajada qolgan.
- Hisobot davrida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6760,3 ming tani tashkil etib, 2026 yilning yanvar oyiga nisbatan 1 220,5 ming tranzaksiyaga (22%) ortgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda ortgan. Xususan, Toshkent sh. (24,1 %), Surxondaryo (23,3 %), Samarqand (21,4 %) va Navoiy (17,7 %) viloyatlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli ortgan.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich Sirdaryo (8,1 %) va Qoraqalpog‘istonda (1,6 %) kamaygan.
- Joriy yilning fevral oyida IFIning birja komponenti 1,1058birlikni tashkil etgan (o‘tgan oyga nisbatan 10,6 foizga ortgan). Bunda, tuzilgan bitimlar soni 36,2 foizga ortganligi va har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 15,1 foizga kamayganligi kuzatildi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2026 yil fevral oyida 6 296 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 6,5 foizga ortgan.
- Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari komponenti 1,0088 birlikni tashkil etib, oldingi oyga nisbatan 0,9foizga ortgan. Bunda:
- barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni oldingi oyga nisbatan 4 079 birlikka ortib, 508,5 mingtani tashkil etgan;
- yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 51 taga oshib, 4 161 tani tashkil etgan;
- kichik korxonalar soni 3,9 mingtaga ortib, 415,1 mingtaga yetgan. Shuningdek, fyermer xo‘jaliklari soni 36 taga ortib, 89,2 mingtani tashkil etgan.
- 2026 yilning fevral oyida savdo belgilari bo‘yicha komponent 1,0641 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 9,4foizga ortgan. Mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 430 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
Jadval №1
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
| Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
| O‘zbekiston Respublikasi | ↑1124 | ↑1,2203 | ↑1,1058 | ↑1,0088 | ↑1,0941 |
| Andijon viloyati | ↑1448 | ↑1,1491 | ↑2,0000 | ↑1,0140 | ↓0,7692 |
| Sirdaryo viloyati | ↑1417 | ↓0,9194 | ↑2,0000 | ↑1,0166 | ↑2,4000 |
| Toshkent viloyati | ↑1333 | ↑1,1684 | ↑1,6702 | ↑1,0124 | ↑1,1111 |
| Qashqadaryo viloyati | ↑1282 | ↑1,1102 | ↑1,5294 | ↑1,0060 | ↑2,0000 |
| Surxondaryo viloyati | ↑1267 | ↑1,2329 | ↑1,3817 | ↑1,0129 | ↑2,0000 |
| Buxoro viloyati | ↑1262 | ↑1,1273 | ↑1,4266 | ↑1,0159 | ↑2,4286 |
| Jizzax viloyati | ↑1200 | ↑1,0986 | ↑1,4057 | ↑1,0141 | ↑1,0000 |
| Toshkent shahri | ↑1199 | ↑1,2409 | ↑1,2823 | ↑1,0081 | ↑1,0126 |
| Navoiy viloyati | ↑1111 | ↑1,1771 | ↑1,1007 | ↑1,0078 | ↑1,2500 |
| Farg‘ona viloyati | ↑1085 | ↑1,1114 | ↑1,0890 | ↑1,0056 | ↑1,3158 |
| Samarqand viloyati | ↑1085 | ↑1,2138 | ↑1,0387 | ↑1,0148 | ↓0,7059 |
| Namangan viloyati | ↑1049 | ↑1,1430 | ↓0,9463 | ↑1,0134 | ↑1,6000 |
| Xorazm viloyati | ↑1032 | ↑1,0794 | ↓0,9417 | ↑1,0061 | ↑1,8750 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↓995 | ↓0,9844 | ↓0,9920 | ↑1,0169 | ↑1,0000 |
Jadval №2
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
| Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
| O‘zbekiston Respublikasi | ↑1242 | ↑1,1068 | ↑1,4564 | ↑1,0703 | ↑1,2216 |
| Jizzax viloyati | ↑1484 | ↓0,9514 | ↑1,8357 | ↑1,0753 | ↑6,0000 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1436 | ↑1,0160 | ↑2,0000 | ↑1,1384 | ↑1,0000 |
| Namangan viloyati | ↑1423 | ↑1,0088 | ↑2,0000 | ↑1,0722 | ↑1,1429 |
| Samarqand viloyati | ↑1419 | ↑1,0170 | ↑2,0000 | ↑1,0714 | ↑0,9231 |
| Toshkent viloyati | ↑1416 | ↓0,9578 | ↑2,0000 | ↑1,1049 | ↑1,2500 |
| Qashqadaryo viloyati | ↑1413 | ↓0,9675 | ↑2,0000 | ↑1,0923 | ↑1,1429 |
| Xorazm viloyati | ↑1400 | ↓0,9407 | ↑2,0000 | ↑1,0596 | ↑1,2500 |
| Sirdaryo viloyati | ↑1382 | ↓0,8860 | ↑1,6375 | ↑1,0757 | ↑6,0000 |
| Surxondaryo viloyati | ↑1348 | ↓0,8988 | ↑1,9449 | ↑1,0244 | ↑1,0000 |
| Farg‘ona viloyati | ↑1346 | ↑0,8434 | ↑2,0000 | ↑1,0198 | ↓0,8929 |
| Buxoro viloyati | ↑1333 | ↑1,0014 | ↑1,8108 | ↑1,0287 | ↑1,0625 |
| Navoiy viloyati | ↑1151 | ↑1,0090 | ↑1,2914 | ↑1,0514 | ↑1,6667 |
| Andijon viloyati | ↑1125 | ↑1,3154 | ↑1,0338 | ↑1,0171 | ↓0,9091 |
| Toshkent shahri | ↑1049 | ↑1,1248 | ↓0,9363 | ↑1,1028 | ↑1,2737 |
Islombek Saparmatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish