Infografika: O‘zbekistonning Tojikiston bilan savdosi
2021 yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 22,6 foizga oshib, 604,5 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Tojikistonga eksport hajmi 23,6 foizga oshib, 500,9 million dollarni, import 17,7 foizga oshib, 103,6 million dollarni tashkil etdi. Pandemiya davrida Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi kamaymadi va bir oz bo‘lsada, 2019 yildagi 480,5 million dollardan 2020 yilda 493,1 million dollargacha 2,7 foizga oshganini ko‘rsatdi.
Izoh qoldirish