Infografika: Sirdaryo viloyati 2025 yilning 9 oyida barqaror iqtisodiy o‘sishni namoyon etdi

Infografika: Sirdaryo viloyati 2025 yilning 9 oyida barqaror iqtisodiy o‘sishni namoyon etdi

2025 yilning 9 oyi davomida Sirdaryo viloyati iqtisodiyoti barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etdi. Deyarli barcha yirik tarmoqlarda ijobiy dinamika qayd etildi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi 24,6 trln so‘mni tashkil etib, 8,4 foizlik o‘sishga erishdi — ushbu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori natija hisoblanadi.

Viloyat iqtisodiyotining asosiy drayverlari sanalmish sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalari mos ravishda 8,1 foiz va 5,8 foiz o‘sish qayd etdi.

  • Sanoat hajmi: 18,5 trln so‘m
  • Qishloq xo‘jaligi hajmi: 12,3 trln so‘m

Xizmat ko‘rsatish sohasi ham sezilarli faollashib, 9,9 trln so‘mlik hajm bilan 13,7 foiz o‘sishni qayd etdi. Chakana savdo aylanmasi 4,90 trln so‘mga yetdi va 1 foizga oshdi.

Qurilish sohasi 30,4 foizlik o‘sish bilan eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biriga aylandi; soha hajmi 4,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar esa 14,2 trln so‘mga teng bo‘lib, 58,5 foizlik o‘sish qayd etildi.

Tashqi savdo ayirboshlashida ham o‘sish kuzatildi: umumiy tashqi savdo 38 foizga o‘sdi.

  • Eksport: 201,5 mln dollar (+5,3%)
  • Import: 436 mln dollar (+61,5%)

Iste’mol narxlari indeksi 100,6 foiz atrofida saqlanib, inflyasiya past va barqarorligini ko‘rsatdi.

Umuman olganda, Sirdaryo viloyati 2025 yilning 9 oyida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishda yuqori sur’atlarni namoyon etdi. Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sektoridagi o‘sish viloyat iqtisodiy salohiyatining ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Raximov Feruz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar