Infografika: O‘zbekistonning 2026 yil yanvar-avgust oylaridagi tashqi savdosi

Infografika: O‘zbekistonning 2026 yil yanvar-avgust oylaridagi tashqi savdosi

2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd dollarni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 4 mlrd dollarga yoki 7,6%ga o‘sdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 22,9 mlrd dollarni, import hajmi esa 34,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Umumiy tashqi savdo aylanmasida importning ulushi 60%, eksportning ulushi esa 40%ga to‘g‘ri keldi.

Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha manfiy saldo 11,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng salmoqli ulush Xitoy — 23%, Rossiya Federatsiyasi — 16%, Qozog‘iston — 6,5%, Turkiya — 3,4% va Afg‘oniston — 2,5% hissasiga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatlar guruhlari bo‘yicha tashqi savdoning eng katta hajmi MDH mamlakatlari bilan 21,1 mlrd dollar, YeOII mamlakatlari bilan 14,6 mlrd dollar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan 4,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Boshqa davlatlar bilan savdo hajmi 36,3 mlrd dollarga yetdi.

Tashqi savdo tarkibida xizmatlar 23%, mashina va uskunalar 21%, sanoat mollari 14%, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari 11%, kimyoviy moddalar 10%, yoqilg‘i va moylash materiallari 7%, tayyor mahsulotlar 6%, boshqa tovarlar 6% va nooziq-ovqat xom ashyosi 2%ni tashkil etdi.

Eksport tarkibida eng katta hajm xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelib, 8,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Shuningdek, sanoat mollari eksporti 3,2 mlrd dollar, boshqa tovarlar, shu jumladan oltin 3 mlrd dollar, tayyor mahsulotlar 2,1 mlrd dollar, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari 2 mlrd dollar, kimyoviy mahsulotlar 1,8 mlrd dollar, yoqilg‘i va moylash materiallari 1,1 mlrd dollar, mashina va uskunalar 0,9 mlrd dollar, nooziq-ovqat xom ashyosi 0,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

Import tarkibida mashina va uskunalar 11,3 mlrd dollar bilan yetakchilik qildi. Sanoat mollari importi 4,8 mlrd dollar, xizmatlar 4,6 mlrd dollar, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari 4,4 mlrd dollar, kimyoviy mahsulotlar 4,2 mlrd dollar, yoqilg‘i va moylash materiallari 2,8 mlrd dollar, tayyor mahsulotlar 1,2 mlrd dollar, nooziq-ovqat xom ashyosi 1,1 mlrd dollar, boshqa tovarlar importi esa 0,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, oltinni hisobga olmaganda tovarlar eksporti 11,5 mlrd dollarni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 28,7%ga o‘sdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar