Olmaliq davlat texnika institutida dual taʼlim: konçilik muhandislarini tayyorlaşda yangi hamkorlik

Olmaliq davlat texnika institutida dual taʼlim: konçilik muhandislarini tayyorlaşda yangi hamkorlik

Nazariy bilimdan işlab çiqariş amaliyotiga

Sanoat korxonalarida zamonaviy uskunalar va avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlarining joriy etilişi ular bilan işlay oladigan muhandislarga ehtiyojni oşirmoqda. Dual taʼlim talabalarga institutda olgan nazariy bilimlarini korxonada qöllaş va öqiş davridayoq kasbiy tajriba orttiriş imkonini beradi.

Özbekistonda dual taʼlimning huquqiy asoslari 2020 yil 23 sentyabrdagi «Taʼlim töğrisida»gi ÖRQ–637-son Qonunda belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-son va 2025 yil 16 yanvardagi 14-son qarorlari ham mazkur taʼlim şaklini rivojlantirişga qaratilgan.

Olmaliq davlat texnika institutining «Nişboş» kömir koni bilan hamkorligi talabalarni zamonaviy konçilik texnologiyalari bilan bevosita korxonada taniştirişga qaratilgan. Konda Xitoy texnologiyalari asosida yer osti usulida kömir qazib oliş, zamonaviy kon uskunalari, konveyerlar, avtomatlaştirilgan boşqaruv va sanoat xavfsizligi tizimlarini joriy etiş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.

Kömir resurslarini örganiş uçun qöşma laboratoriya

Institutda Xenan politexnika universiteti (Henan Polytechnic University) professor-öqituvçilari va «Nişboş» kömir koni vakillari iştirokida uçraşuv ötkazildi. Uçraşuv yakunida imzolangan memorandumda «Kömir resurslarini özlaştiriş va ulardan foydalaniş böyiça Xitoy–Özbekiston qöşma laboratoriyasi»ni taşkil etiş közda tutilgan.

Tomonlar qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va ularning natijalarini işlab çiqarişga tatbiq etişni rejalaştirgan. Hamkorlik konçilik, sanoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalari uçun mutaxassislar tayyorlaşni ham qamrab oladi.

«Nişboş» koni hududida kampus taşkil etiş rejasi

Hamkorlik doirasida «Nişboş» kömir koni hududida institut kampusini taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surilgan. Kampusda öquv xonalari va laboratoriyalarni jihozlaş, amaliy maşğulotlar uçun maxsus maydonlar taşkil etiş rejalaştirilgan.

Kampus taşkil etilsa, talabalar kon uskunalarining işlaş tartibini korxona mutaxassislari bilan birga örganişi va sanoat xavfsizligi talablari amalda qanday bajarilişi bilan tanişişi mumkin böladi. Professor-öqituvçilar esa konda yuzaga keladigan texnik masalalarni örganib, muhandislar bilan birgalikda amaliy yeçimlar işlab çiqiş imkoniga ega böladi.


Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar