Joriy yil O‘zbekistonda 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Joriy yil O‘zbekistonda 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda jami 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1268,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28271,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6938,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17736,7 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar