2026 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 11,6 mlrd. dollarni tashkil etdi va 2025 yilning shu davriga nisbatan 11,6 mlrd. dollarga (7,1%ga o‘sdi) o‘sishni ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
TSAda eksport hajmi 3,5 mlrd. dollarni va import hajmi 8,1 mlrd. dollarni (+29,8%) tashkil etdi.
Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha passiv saldo -4,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasida 3 ta mamlakat –– Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan faoll tashqi savdo balansi kuzatilmoqda, qolgan 17 ta davlat bilan tashqi savdo balansining salbiy saldosi saqlanib qolmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 160 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (27,5%), Rossiyada (18,3%), Qozog‘istonda (7,2%), Turkiyada (3,6%) va J.Koreyada (2,7%) qayd etilgan.
Mamlakatlar guruhi bo‘yicha tashqi savdoning eng katta hajmi MDH mamlakatlariga - 4,4 mlrd dollar, YeOII mamlakatlariga - 3,3 mlrd dollar, boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlash - 7,2 mlrd dollarni va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan - 1,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
Izoh qoldirish