Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tadbirkorlar orasida anonim tarzda so‘rov o‘tkazmoqda.
Ushbu so‘rovdan quyidagi havola orqali o‘tish mumkin: https://forms.gle/LVS1hHbfgNoe43Nv6.
Anonim tarzda o‘tkazilayotgan so‘rovning asosiy maqsadi tadbirkorlarning o‘z faoliyatida to‘qnashayotgan muammolarni aniqlashdan iborat.
So‘rov natijalari xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilinadi. Olingan ma’lumotlar orqali hamda so‘rovda ishtirok etgan har bir befarq bo‘lmagan tadbirkorning faolligi tufayli hududlarda biznes muhitni yaxshilash va O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilini rag‘batlantirish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
So‘rov, birinchi navbatda, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, biznesni rivojlantirish manfaatlarida o‘tkaziladi.
Anonimlik kafolatlanadi.
Izoh qoldirish