OTB va FTA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ular doirasida OTB tomonidan 500 million AQSh dollari va 50 million yevro miqdoridagi zayom bitimlari imzolandi.
Joriy yilning 12 dekabr kuni Moliya vazirligida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida OTB tomonidan "Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish 2-kichik dastur" - "Iqtisodiy menejmentni takomillashtirish dasturi 2-kichik dastur" (EMIP) dasturini amalga oshirish uchun 300 million AQSh dollari va FTA tomonidan 50 million yevro miqdoridagi zayom bitimlari imzolandi.
Ushbu dastur 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Strategiya asosida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan hamda Moliya vazirligi OTB va FTA bilan birgalikda ishlab chiqilgan matritsaga asoslangan.
Shuningdek, OTBning "O‘zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi" loyihasi doirasida respublikamizda ipoteka bozorini rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 200 million dollarga teng zayom bitmlari ham imzolandi.
Loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Farmoni asos bo‘ldi.
Loyihaning maqsadi uy-joy siyosatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan dasturiy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ipoteka bozorining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.
Ushbu loyiha mamlakatning uy-joy sektorini rivojlantirishga, ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga va bozor tamoyillari asosida barcha qatlamlariga ipoteka kreditlari olish imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish