Prezident 2021 yilda davlat kompaniyalarini xususiylashtirish shartlarini e’lon qildi

Prezident 2021 yilda davlat kompaniyalarini xususiylashtirish shartlarini e’lon qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi jonli efirda sharhlanmoqda.

Kelgusi yilda xususiylashtirishni kengaytirish zarurati va rejalari haqida to‘xtalar ekan, Prezident bugungi kunda davlat kompaniyalari faoliyatidagi nobarqarorlik tufayli davlat uchun og‘ir yuk ekanini eslatdi.

Joriy yildan boshlab barcha davlat korxonalarini isloh qilish dasturi amalga oshirilayotgani e’lon qilindi.

Ob’yektiv nuqtai nazardan: kompaniyalarda davlat ulushini xususiylashtirilishi qo‘shimcha mablag‘ va resurslarni jalb qilishga yordam beradi, korxona faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni albatta yaxshilaydi.

O‘zbekistonda hali ham davlat tomonidan 100% nazorat qilinadigan kompaniyalar bor. Bunday kompaniyalarda davlatning ulushini kamaytirishni davom ettirish kerak, byudjetga mablag‘larni jalb qilish hisobiga emas, balki xususiy boshqaruvni jalb qilish, ushbu kompaniyalarning ishi ustidan nazoratni kuchaytirish, raqobat muhitini kuchaytirish va mablag‘larni jalb qilish ushbu kompaniyalarning investitsiya maqsadlari uchun resurslarni jamlash nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.

Xususiylashtirishni faqat byudjetni to‘ldirish deb qaramaslik kerak deb ta’kidlamoqchiman.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar