O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlarini muntazam ravishda tahlil qilib boradi.

Ketma-ket ikkinchi oy davomida uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni ortib bormoqda: agar yanvar oyida 18 ming bitim qayd etilgan bo‘lsa, fevral oyida ularning soni 22,5 mingtaga yetdi va 24 foizga o‘sdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy – 63%, Samarqand – 52% va Sirdaryo - 30% viloyatlarida qayd etildi.

2022 yil fevral oyiga nisbatan uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 2,6 foizga oshdi.

Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining o‘zgarishi

Fevral oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi. Shunday qilib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kv.m. uchun 9,86 dollarni tashkil etib, 2023 yil yanvar oyiga nisbatan 2,3% foizga pasaydi.

Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtimizning Shayxontohur ($13,3), Yakkasaroy ($12) va Mirobod ($12) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari poytaxtimizning Uchtepa ($7,7), Sergeli ($6,8) va Bektemir ($6,6) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022 yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 19,9 foizga oshdi.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada joriy yil fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv.m. uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 4,5%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil fevral oyiga nisbatan 23,1%ga o‘sdi.

Yil boshidan buyon Navoiy – 32,7%, Farg‘ona – 31,5% viloyatlarida va Toshkent - 31,5% shahrida uy – joy narxining sezilarli o‘sishi kuzatildi.

Fevral oyida Toshkent shahrining ikkilamchi bozorida narxlarning o‘sishi oyiga 3,8%ni tashkil etdi. Narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Chilonzor – 9,6%, Sergeli – 6,2% va Olmazor tumanlarida - 4,9% qayd etildi.

2022 yil fevral oyiga nisbatan Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi 31,5 foizga oshdi

D. Miroshnikova, J. Usmonov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
tel: (78) 150 02 02 (417)


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar