O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori barqarorligicha qolmoqda — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori barqarorligicha qolmoqda — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining sharhida ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni muntazam tahlil qiladi.

Yanvar oyida O‘zbekistonda qariyb 22 mingta uy-joy sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20%ga ko‘pdir.

Hududiy reyting yetakchilari

Uy-joylar savdosi Xorazm – 75%, Sirdaryo – 51%, Samarqand – 48% va Surxondaryo – 42% viloyatlarida sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 2,2%ga pasaydi va 1 kv.m. uchun 9 dollarni tashkil etdi.

E’tiborlisi, Uchtepa, Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara haqi mos ravishda 3,4%, 2,1% va 1,1%ga qimmatlashgani qayd etildi.

Shayxontohur va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida ijara haqi sezilarli darajada pasaygan, bu hududlarda ijara narxi 5%dan ko‘proqqa arzonlashgan.

Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida narxlar biroz pasayganiga qaramay, bu yerda eng yuqori narxlar saqlanib qolmoqda, uy-joyni ijaraga olish har kv.m. uchun o‘rtacha 11 dollarni tashkil etadi.

Nisbatan arzon ijara narxlari Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida 1 kv.m. uchun 6 dollardan 8 dollargacha qayd etildi.

Ikkilamchi bozorda narx parametrlari

Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6%ga o‘sdi. Yillik hisobda ikkilamchi bozor 18%ga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Xorazm, Toshkent va Andijon viloyatlarida o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 30%ga o‘sish kuzatildi.

Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmadi va bir kv.m. uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanlarida narxlar biroz sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

O‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi bozorning o‘rtacha narxi deyarli 20%ga oshdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorini ko‘rib chiqish Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u birlamchi va ikkilamchi ko‘chmas mulkning bozorlaridagi faollik dinamikasini taqdim etadi. Ma’lumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha bo‘lgan davr uchun ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, bozor dinamikasini kuzatish uchun o‘tgan yilning shu davriga oid ma’lumotlar taqdim etiladi.

Jaloliddin Usmonov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

tel: (78) 150 02 02 (417)


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar