Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan avtomobil bozoridagi savdo o‘zgarishlari muntazam ravishda tahlil qilib kelinmoqda.
2022 yil aprel oyida 129,1 ming dona avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va bu o‘tgan yilning aprel oyiga (63,3 ming) nisbatan 104 foizga ko‘proq. Shu bilan birga, joriy yilning mart oyiga nisbatan 15,1 foizga sotuvlar hajmi ko‘paygan.
1-rasm. Ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni o‘zgarishi
2022 yil 1 yanvardan boshlab ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish narxi pasaytirildi va ushbu o‘zgarishlarning ta’siri aprel oyida ham davom etdi.
Ikkilamchi bozor
2021 yilda ikkilamchi bozorda bir oyda o‘rtacha 40 ming dona avtotransport vositalari sotilgan bo‘lsa, joriy yil aprel oyida ushbu ko‘rsatkich 96,9 ming donani tashkil etdi, yanvar oyida 85,3 ming donaga, fevral oyida 101 ming donaga, mart oyida 84,7 ming donaga yetgan edi.
Birlamchi bozor
Birlamchi bozorda sotib olingan avtomobillar soni 32,1 ming donani tashkil etib, mart oyiga (27,5 ming) nisbatan 16,9 foizga ko‘paydi. 2021 yil aprel oyiga (21,3 ming) nisbatan avtomobil savdosi 51 foizga oshdi.
Mart oyi bilan taqqoslaganda yangi avtomobillar savdosida sezilarli darajada o‘sish Namangan (77%), Qashqadaryo (38%), Toshkent (37%) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga, Samarqand (-4%) viloyatlarida pasayish qayd etildi.
2-rasm. Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlari
Inomarkalar savdosi
Chet elda ishlab chiqarilgan yengi avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalar soni 1,56 ming donani tashkil etdi, bu esa fevral oyi ko‘rsatkichidan 3,2 foizga kamroqdir.
3-rasm. Mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ulushi
Izoh qoldirish