O‘zbekistonda ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortdi

O‘zbekistonda ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortdi

2024 yil oktyabr oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 17,7 foizga ortdi

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2024 yilning oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 17,7 foizga ortib, 1177 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,9 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 30,9 foizga ortgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,2 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 20,4 foizga ortgan.

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2024 yil oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Qashqadaryo (50,7%), Sirdaryo (49,7%), Andijon (47,9%), Jizzax (43,5%), Toshkent (42,9%) va Navoiy (42,5%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

2 - rasm

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2024 yil oktyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 332,9 ming tani tashkil etdi va 2024 yilning sentyabr oyiga nisbatan 723,9 ming tranzaksiyaga (12,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni ham barcha hududda ortgan.

2024 yil oktyabr oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Xususan, Sirdaryo (22,6%), Jizzax (16,8%), Qashqadaryo (16,2%), Namangan (15,0%), Buxoro (14,8%) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2024 yilning oktyabr oyida IFIning birja komponenti 1,3087 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 30,9 foizga oshganini anglatib, tuzilgan bitimlar soni 64,5 foizga va har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 0,4 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2024 yil oktyabr oyida 7 046,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 36,4 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2024 yil oktyabr oyida 1,0122 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,2 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan -2,3 foizga mo‘’tadil darajada kamaygan.

2024 yil oktyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (493 072 birlik) nisbatan 3 296 birlikka ortib, 496 368 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 107 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 399 031tadan 402 209 tagacha ortgan (o‘sish 3 178 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 90 379 tadan 90 390 tagacha (11 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 769 tani tashkil etib, 2024 yilning sentyabr oyiga nisbatan 107 taga ortgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2024 yil oktyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,2043 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning sentyabr oyiga nisbatan 20,4 foizga oshgan. Joriy yilning oktyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 619 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1177

↑1,1291

↑1,3087

↑1,0122

↑1,2043

Qashqadaryo viloyati

↑1507

↑1,1615

↑2,0000

↓0,9885

↑2,7500

Sirdaryo viloyati

↑1497

↑1,2256

↑2,0000

↑1,0275

↑1,4000

Andijon viloyati

↑1479

↑1,1454

↑2,0000

↑1,0087

↑1,8889

Jizzax viloyati

↑1435

↑1,1683

↑1,9440

↑1,0244

↓0,7778

Toshkent viloyati

↑1429

↑1,0589

↑2,0000

↑1,0222

↑1,1304

Navoiy viloyati

↑1425

↑1,0775

↑2,0000

↓0,9899

↑1,0000

Samarqand viloyati

↑1424

↑1,0461

↑2,0000

↑1,0361

↑1,0000

Surxondaryo viloyati

↑1415

↑1,1237

↑2,0000

↓0,9637

↓0,3333

Toshkent shahri

↑1278

↑1,1325

↑1,5570

↑1,0215

↑1,1239

Namangan viloyati

↑1276

↑1,1502

↑1,4781

↑1,0237

↑1,9000

Farg‘ona viloyati

↑1257

↑1,1036

↑1,4779

↓0,9906

↑2,0476

Xorazm viloyati

↑1166

↑1,1245

↑1,2519

↓0,9822

↑1,8667

Buxoro viloyati

↑1133

↑1,1483

↑1,2373

↑1,0042

↓0,5000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1086

↑1,1303

↑1,1264

↓0,9882

↓0,7500

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1338

↑1,0336

↑1,7154

↓0,9772

↑2,4960

Sirdaryo viloyati

↑1533

↓0,9153

↑2,0000

↓0,9230

↑7,0000

Namangan viloyati

↑1510

↓0,7620

↑1,6108

↓0,9948

↑12,6667

Toshkent viloyati

↑1403

↓0,9127

↑2,0000

↓0,9805

↑2,2609

Jizzax viloyati

↑1325

↓0,6963

↑2,0000

↓0,9596

↑2,3333

Samarqand viloyati

↑1310

↓0,7214

↑2,0000

↓0,9904

↑1,3043

Andijon viloyati

↑1263

↓0,9469

↑1,5311

↓0,9855

↑3,4000

Surxondaryo viloyati

↑1256

↓0,7005

↑2,0000

↓0,9361

↓0,1667

Xorazm viloyati

↑1249

↓0,8627

↑1,4122

↓0,9741

↑5,6000

Qashqadaryo viloyati

↑1236

↓0,6765

↑1,5858

↓0,9098

↑5,5000

Toshkent shahri

↑1176

↑1,1038

↓0,7696

↑1,8731

↑2,3396

Farg‘ona viloyati

↑1140

↓0,9392

↑1,3078

↓0,9203

↑2,8667

Buxoro viloyati

↑1103

↓0,8851

↑1,2798

↓0,9626

↑2,3333

Navoiy viloyati

↑1057

↓0,8655

↑1,1189

↓0,9828

↑3,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1016

↓0,6403

↑1,2392

↓0,9355

↑3,0000

Ruslan Abdullayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar