IFI 2023 yil avgust oyida iyul oyiga nisbatan 11,0 foizga oshdi.
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi avgust oyida o‘sishda davom etmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil avgust oyida 1110 birlikni tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 11,0 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 3,7 foizlik pasayish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2023 yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 11,0 foizga oshib, 1110 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 4,9 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,2 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 4,8 foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 3,5 barobarga oshgan.
Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2023 yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha 14 ta hududda o‘tgan oyga (iyul) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (49,7%), Jizzax (46,2%), Buxoro (44,2%), Qashqadaryo (41,6%), Surxondaryo (41,2%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (38,3%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2023 yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 581,9 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning iyul oyiga nisbatan 260,8 ming tranzaksiyaga (4,9%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 11 ta hududda oshgan.
2023 yil avgust oyida respublikaning 11 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Sirdaryo (27,7%), Jizzax (18,2%), Samarqand (7,8%), Andijon (6,1%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (6,1%) kuzatilgan.
Shu bilan birga, Toshkent (- 12,5%), Buxoro (- 5,5%) va Farg‘ona (- 3,2%) viloyatlarida pasayish qayd etilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2023 yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,0477 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 4,8 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 12,2 foizga oshganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 2,7 foizga kamaygan.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil avgust oyida 5 813,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,4 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil avgust oyida 1,0021 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,2 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga sezilarli darajada kamaygan.
2023 yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning iyul oyiga (504 259 birlik) nisbatan 1 092 taga oshib, 505 351 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 10 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 409 988 tadan 411 306 tagacha kamaygan (o‘sish 1 318 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 90 660 tadan 90 424 tagacha (236 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 621 tani tashkil etib, 2023 yilning iyul oyiga nisbatan 10 taga oshgan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2023 yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 3,4600 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning iyul oyiga nisbatan 3,5 barobarga oshgan. Joriy yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 173 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1100 | ↑1,0490 | ↑1,0477 | ↑1,0021 | ↑3,4600 |
Sirdaryo viloyati | ↑1497 | ↑1,2769 | ↑2,0000 | ↑1,0014 | ↑1,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1462 | ↑1,1824 | ↑2,0000 | ↓0,9936 | ↑1,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1442 | ↓0,9453 | ↑2,0000 | ↑1,0059 | ↑3,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1416 | ↑1,0526 | ↑2,0000 | ↓0,9895 | ↑1,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1412 | ↑1,0371 | ↑2,0000 | ↓0,9975 | ↑1,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1383 | ↑1,0279 | ↑2,0000 | ↑1,0139 | ↓0,0000 |
Toshkent shahri | ↑1211 | ↑1,0610 | ↑1,1195 | ↓0,9880 | ↑5,8095 |
Andijon viloyati | ↑1206 | ↑1,0613 | ↑1,0876 | ↓0,9986 | ↑6,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1121 | ↓0,9676 | ↑1,1566 | ↑1,0002 | ↑3,3333 |
Samarqand viloyati | ↑1120 | ↑1,0781 | ↑1,1548 | ↑1,0038 | ↑2,0000 |
Namangan viloyati | ↑1076 | ↑1,0294 | ↑1,0149 | ↓0,9979 | ↑3,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1059 | ↑1,0275 | ↑1,1508 | ↑1,0195 | ↓0,5000 |
Navoiy viloyati | ↑1053 | ↑1,0582 | ↑1,0871 | ↓0,9911 | ↑1,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1008 | ↓0,8748 | ↑1,1155 | ↑1,0010 | ↑1,1667 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↓963 | ↓0,9754 | ↑1,0353 | ↓0,8721 | ↓0,5134 |
Andijon viloyati | ↑1320 | ↑1,7325 | ↑1,2929 | ↓0,7302 | ↑1,2000 |
Buxoro viloyati | ↑1246 | ↓0,6529 | ↑2,0000 | ↓0,9439 | ↓0,3333 |
Surxondaryo viloyati | ↑1240 | ↓0,6743 | ↑2,0000 | ↓0,8568 | ↓0,5000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1174 | ↓0,6995 | ↑1,8699 | ↓0,8178 | ↓0,0455 |
Toshkent shahri | ↑1025 | ↑1,0693 | ↑1,0914 | ↓0,8946 | ↓0,5674 |
Samarqand viloyati | ↓963 | ↓0,7648 | ↑1,1746 | ↓0,8610 | ↑1,2000 |
Farg‘ona viloyati | ↓914 | ↓0,7250 | ↑1,1226 | ↓0,8536 | ↓0,7692 |
Toshkent viloyati | ↓911 | ↓0,7800 | ↑1,0999 | ↓0,8519 | ↓0,3415 |
Navoiy viloyati | ↓889 | ↓0,6833 | ↑1,1097 | ↓0,9107 | ↓0,2000 |
Xorazm viloyati | ↓876 | ↓0,7285 | ↓0,9687 | ↓0,9616 | ↓0,7500 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↓840 | ↓0,7253 | ↓0,9491 | ↓0,9378 | ↓0,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↓830 | ↓0,7542 | ↓0,9510 | ↓0,8117 | ↓0,2500 |
Jizzax viloyati | ↓786 | ↓0,6907 | ↓0,8022 | ↓0,8794 | ↑1,0000 |
Namangan viloyati | ↓749 | ↓0,7077 | ↓0,7787 | ↓0,8042 | ↓0,4286 |
Izoh qoldirish