Joriy yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 11,5 trillion so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 4 baravar ko‘p) mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbari bajarilgan ishlarga to‘xtalib o‘tarkan, qurilgan uy joylar ehtiyoj uchun yetarli emasligini ta’kidlab o‘tdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurishimiz kerak», — dedi Prezident.
Shu bilan birga Shavkat Mirziyoyev loyiha va qurilish sifatini oshirish, sohani mablag‘ bilan ta’minlash hamda halol-pok ishlatish va malakali mutaxassislar tayyorlashdagi muammolar yechimini topish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Joriy yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 11,5 trillion so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 4 baravar ko‘p) mablag‘ ajratiladi. Shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha yetishmovchilik va cheklov bo‘lmaydi.
«Hudud rahbarlari bir narsani bilib olsin: bu yildan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar bo‘lmaydi, — dedi Prezident.
Yig‘ilish davomida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va moliya vaziri Temur Ishmetovga yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kamida 6,5 mingta xonadon uchun kreditga 1,5 trillion so‘m resurs ajratish topshirig‘i berildi.
Izoh qoldirish