Xizmat körsatiş va sanoat sohalarida biznes muhiti yaxşilandi - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sörovi

Xizmat körsatiş va sanoat sohalarida biznes muhiti yaxşilandi - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sörovi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublikaning barça hududlarida tadbirkorlar örtasida har oy ötkaziladigan sörovlar asosida Özbekistondagi biznes muhiti tahlili natijalarini taqdim etdi.

Olingan maʼlumotlar asosida Biznes muhitining umumlaşgan indeksi şakllantirildi. Uşbu indeks biznesning joriy holatiga berilgan baholar hamda tadbirkorlarning kelgusi uç oyga möljallangan kutilmalarini aks ettiradi.

Özbekistonda biznes muhiti umumlaşgan indeksining dinamikasi

Oktyabr oyida Biznes muhitining umumlaşgan indeksi 58 bandni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 bandga oşdi.

Indeks qiymatining 50 banddan yuqori bölişi tadbirkorlik muhitida optimistik kayfiyat ustunlik qilayotganini anglatadi.

Biznesning joriy holati indeksi deyarli özgarişsiz qolib, 55 bandni taşkil etdi. Şu bilan birga, kutilmalar indeksi ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 bandga ösib, 60 bandga yetdi..

Tadbirkorlarning 57 foizi kelgusi uç oyda öz mahsulotlariga bölgan talab oşişini kutmoqda.

Respondentlarning qariyb yarmi (49 foizi) biznesining joriy holatini “yaxşi” deb baholagan. Şuningdek, har törtta korxonadan birida (25 foiz) sönggi uç oy davomida xodimlar soni köpaygan.

Biznes muhiti indeksining tarmoqlar kesimidagi dinamikasi

Ötgan yilning mos davriga nisbatan biznes muhiti indeksi sanoat va xizmat körsatiş sohalarida ösdi, qurilişda özgarişsiz qoldi, qişloq xöjaligida esa pasaydi.

Sanoatda biznes muhitining umumlaşgan indeksi 4 bandga ösib, 51 bandni taşkil etdi. Ijobiy dinamika tadbirkorlarning kelgusi uç oyda biznesni rivojlantiriş böyiça kutilmalari yaxşilanganida ham kuzatildi. Xususan, kutilmalar indeksi 7 bandga ösib, 53 bandga, biznesning joriy holati indeksi esa 4 bandga oşib, 49 bandga yetdi.

Ötgan yilga nisbatan sanoat sohasida kelgusi uç oyda biznes holati yaxşilanişini kutayotgan tadbirkorlar uluşi 60 foiz darajasida saqlanib qoldi. Mahsulotlarga talab oşişini kutayotgan tadbirkorlar uluşi esa 55 foizni taşkil etib, 5 foiz bandga köpaydi.

Xizmat körsatiş sohasida biznes muhitining umumlaşgan indeksi 10 bandga ösib, 67 bandni taşkil etdi. Bunda biznesning joriy holatiga berilgan baholar 9 bandga, kelgusi uç oyda rivojlaniş istiqbollari böyiça kutilmalar esa 10 bandga yaxşilandi.

Xizmat körsatiş sohasidagi korxonalarning yarmidan köpi (53 foizi) biznesining joriy holatini “yaxşi” deb baholagan. Şu bilan birga, tadbirkorlarning 66 foizi kelgusi uç oyda biznes holati yaxşilanişini kutmoqda.

Qişloq xöjaligida biznes muhitining umumlaşgan indeksi 43 bandni taşkil etdi. Biznesning joriy holati indeksi 36 band, kutilmalar indeksi esa 50 band darajasida şakllandi.

Sönggi uç oyda vaziyat yaxşilanganini tadbirkorlarning 43 foizi bildirgan bölsa, ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 50 foizni taşkil etgan. Şu bilan birga, respondentlarning 63 foizi biznesining joriy holatini “yaxşi” deb baholagan. Ötgan yilning mos davrida uşbu uluş 66 foiz bölgan.

Quriliş sohasida biznes muhitining umumlaşgan indeksi özgarişsiz qolib, 58 bandni taşkil etdi. Sohada tadbirkorlarning kelgusi davrga oid kutilmalar indeksi 2 bandga ösib, 61 bandga yetdi. Biznesning joriy holati indeksi esa 1 bandga pasayib, 56 bandni taşkil etdi.

Sönggi uç oyda vaziyat yaxşilanganini quriliş korxonalarining 43 foizi qayd etgan bölib, bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida ham 43 foizni taşkil etgan. Şu bilan birga, korxonalarning 46 foizi biznesining joriy holatini “yaxşi” deb baholagan, ötgan yilning mos davrida esa bu körsatkiç 52 foiz bölgan.

Tadbirkorlar soliq bilan boğliq tösiqlar kamayganini qayd etmoqda

Sörov natijalariga köra, tadbirkorlarning 60 foizi biznes yuritişda heç qanday tösiqlarga duç kelmayotganini bildirgan. Eng yuqori körsatkiç xizmat körsatiş sohasida (67 foiz) qayd etildi. Keyingi örinlarda qişloq xöjaligi va quriliş (54 foizdan) hamda sanoat (46 foiz) sohalari joylaşgan.

2026 yil sentyabr oyiga nisbatan soliqqa tortiş bilan boğliq muammolarni qayd etgan tadbirkorlar uluşi 4 foiz bandga kamayib, 19 foizni, bank tizimi bilan boğliq muammolarni bildirganlar uluşi esa 1 foiz bandga qisqarib, 14 foizni taşkil etdi. Şu bilan birga, boşqa moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelayotgan tadbirkorlar uluşi 11 foiz darajasida saqlanib qoldi.

Soliq sohasidagi qiyinçiliklar asosan soliq maʼmuriyatçiligi (12 foiz) va soliq stavkalari darajasi (7 foiz) bilan boğliq.

Tarmoqlar raqobatbardoşligi va investitsiya faolligini örganiş sektori

tel: (78)150 02 02 (441)

OAV va jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

tel: (78)150 02 02 (417)

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar