O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘rtacha o‘sishi qayd etildi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘rtacha o‘sishi qayd etildi

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2023 yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 0,2 foizga mo‘’tadil oshib, 1002 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 5,9foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,2 foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 4,9foizga kamaygan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 11,7foizga oshgan.

Hududlar kesimida Toshkent viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2023 yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha 14 ta hududda o‘tgan oyga (noyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Toshkent (45,8%), Samarqand (42,6%), Xorazm (40,8%), Buxoro (40,7%), Qashqadaryo (39,5%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (35,7%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2023 yil dekabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 157,5 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning noyabr oyiga nisbatan 395,9 ming tranzaksiyaga (5,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 8 ta hududda oshgan.

2023 yil dekabr oyida respublikaning 8 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Navoiy (13,2%), Samarqand (7,3%), Toshkent (6,3%) viloyatlari va Toshkent shahrida (7,1%) o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga, 6 ta hududda yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni kamaygan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2023 yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 0,9510 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 4,9 foizga kamayganligini anglatib, bitimlar sonining 11,3 foizga kamayganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 1,5 foizga oshgan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil dekabr oyida 5 003,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,2 foizga kamaydi.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 9 taga kamaygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2023 yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,1167 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning noyabr oyiga nisbatan 11,7 foizga oshgan. Joriy yilning noyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 201 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1002

↑1,0585

↓0,9510

↓0,9885

↑1,1167

Toshkent viloyati

↑1458

↑1,0633

↑2,0000

↓0,9924

↑2,2500

Samarqand viloyati

↑1426

↑1,0734

↑2,0000

↓0,9899

↑1,0909

Xorazm viloyati

↑1408

↓0,9753

↑2,0000

↓0,9849

↑1,6667

Buxoro viloyati

↑1407

↑1,0480

↑2,0000

↓0,9914

↓0,7500

Qashqadaryo viloyati

↑1395

↑1,0047

↑2,0000

↓0,9695

↑1,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1357

↓0,9140

↑2,0000

↑1,0077

↓0,5000

Jizzax viloyati

↑1349

↓0,9125

↑2,0000

↓0,9754

↓0,5000

Toshkent shahri

↑1295

↑1,0714

↑1,6690

↓0,9989

↑1,0833

Andijon viloyati

↑1209

↓0,9996

↑1,2298

↓0,9894

↑5,0000

Namangan viloyati

↑1186

↓0,9705

↑1,4215

↓0,9882

↑2,0000

Sirdaryo viloyati

↑1177

↑1,0319

↑1,5046

↓0,9736

↓0,0000

Navoiy viloyati

↑1142

↑1,1325

↑1,1746

↓0,9794

↑2,0000

Farg‘ona viloyati

↑1050

↓0,9920

↑1,1544

↓0,9826

↓0,8182

Surxondaryo viloyati

↑1033

↑1,0284

↑1,0749

↓0,9691

↑1,0000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

Respublika Uzbekistan

↑1000

↑1,1136

↓0,9822

↓0,8585

↓0,9663

Toshkent shahri

↑1891

↑2,4647

↑2,0000

↓0,8792

↑1,1626

Andijon viloyati

↑1286

↑1,6628

↑1,2981

↓0,7242

↓0,8333

Surxondaryo viloyati

↑1218

↓0,4113

↑2,0000

↓0,8346

↑3,0000

Sirdaryo viloyati

↑1175

↓0,5621

↑2,0000

↓0,8105

↓0,0000

Navoiy viloyati

↑1049

↓0,7136

↑1,4962

↓0,8716

↓0,2857

Samarqand viloyati

↑1042

↓0,8668

↑1,2767

↓0,8338

↑1,5000

Qashqadaryo viloyati

↓982

↓0,8138

↑1,1637

↓0,7805

↑2,0000

Farg‘ona viloyati

↓952

↑1,0219

↓0,9806

↓0,8225

↓0,6923

Toshkent viloyati

↓903

↓0,6638

↑1,1858

↓0,8420

↓0,3750

Namangan viloyati

↓852

↓0,6458

↑1,0531

↓0,7937

↑1,0000

Xorazm viloyati

↓839

↓0,5622

↑1,0277

↓0,9347

↓0,8333

Buxoro viloyati

↓795

↓0,5873

↓0,9250

↓0,9312

↓0,5000

Jizzax viloyati

↓765

↓0,6528

↓0,8015

↓0,8468

↑1,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↓730

↓0,3933

↓0,8973

↓0,9242

↑1,0000

Ruslan Abdullayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar