Markaziy bank, Coliq va Bojxona qo‘mitalari tezkor ma’lumotlar asosida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) mutaxassislari har oyda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida tadbirkorlik faoliyatini kompleks tahlil qilib boradi.
Kompleks yondashuv iqtisodiyotning turli sohalaridagi tadbirkorlik faoliyatini mintaqaviy darajada tahlil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish tendensiyalari va qonuniyatlarni baholash, shuningdek, respublikaning har bir hududining iqtisodiy dinamikasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash imkonini beradi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, 2025 yil yanvar oyida soliq tushumlari 2024 yilning shu davriga nisbatan 10,3%ga o‘sish bilan ijobiy dinamikani ko‘rsatdi, bu esa tadbirkorlik faolligining barqarorligidan dalolat beradi.
Soliq tushumlarining hududiy dinamikasini tahlil qilish natijasida quyidagi tendensiyalar aniqlandi. Andijon viloyatida soliq tushumlari bo‘yicha eng yuqori o‘sish - 49,7% qayd etildi. Toshkent, Namangan va Buxoro viloyatlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi – mos ravishda 49,7%, 41% va 30,4%. Toshkent shahrida esa o‘sish 48,6%ni tashkil etdi.
Soliq tushumlari bo‘yicha tahlili daromad solig‘i 11,5%ga oshganini ko‘rsatmoqda, bu esa aholi bandligi va daromadlarining oshganligini ko‘rsatadi. Mulk solig‘i 18%ga, yer solig‘i esa 7,3%ga oshdi.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 14,5%ga oshdi.
Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Sirdaryo viloyatida qayd etilib. 143,5%ni tashkil etdi. Shuningdek, Navoiy - 67,6% va Buxoro - 48,1%ga viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatildi.
Bojxona tushumlarining oshishi bir qator asosiy tovar yo‘nalishlari bo‘yicha import qilinadigan mahsulotlar hajmining o‘sishi bilan bog‘liq.
Neft va neft mahsulotlari, elektr jihozlari va uning tarkibiy qismlari, farmatsevtika mahsulotlari, yog‘och, hayvonlar va hayvonlar uchun ozuqa, tamaki mahsulotlari, o‘simliklar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek charm mahsulotlari toifalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
2025 yil boshidan buyon tovarlar eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1%ga o‘sdi. Eksportning sezilarli o‘sishi Surxondaryo (219,7%), Samarqand (28,8%) va Xorazm (28,3%) viloyatlarida kuzatildi.
Tahlil qilinayotgan davrda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 64,2%ga oshdi. Kreditlashning eng katta o‘sishi Sirdaryo (95,4%), Andijon (70,9%), Navoiy (64%) viloyatlari va Toshkent shahrida (92,3%) qayd etildi.
2025 yilning birinchi oyida 6126 ta yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning eng ko‘pi Toshkent (601 ta), Xorazm (489 ta), Samarqand (485 ta) va Namangan (358 ta) viloyatlarida hamda Toshkent (1528 ta) shahrida ro‘yxatga olingan.
Sultonmurod Ozodov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish