1 apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi

1 apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi so‘nggi kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallanish holatlari ortgani munosabati bilan mamlakatda keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida qator takliflarni ma’qulladi.


Joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik nazoratni kuchaytirish va tashrif buyuruvchilar sonini 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish;

teatr, kino (kinoteatr) va konsert-tomosha dasturlarini tashkil etishda:

tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarga tashrif buyuruvchi tomoshabinlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qat’iy niqobda (maskada) bo‘lishlarini ta’minlash;

tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmaslik;

tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash;

tomosha dasturlariga tashrif buyuruvchilarning tana xarorati nazoratini o‘rnatish hamda tana xarorati ko‘tarilgan shaxslarni dasturga ko‘ymaslik;

tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarda savdo shoxobchalari faoliyatini to‘xtatish (niqob va antiseptik vositalar savdosi bundan mustasno);

tomosha dasturlari bo‘yicha tarqatilayotgan (sotilayotgan) chiptalarga “Fakat sog‘lom bo‘lsangizgina tashrif buyuring” yozuvini yozish orqali aholini ogohlikga chaqirish va boshqa tomoshabinlarga kasallik yuqib kolishining oldini olish choralarini ko‘rish;

tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning kirish qismida tomoshabinlarning binoga tartibli kirishlarini ta’minlash maqsadida maxsus lentalar yordamida bir qatorli kirish va chiqish yo‘laklarini o‘rnatish tartibi belgilandi.

Tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarda karantin qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyat tashkilotchilar zimmasiga yuklatiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar