Juma namozlarini faqat ochiq sahnalarda ado etilishiga oid cheklov bekor qilindi
Respublika maxsus komissiyasining 2021 yilning 24 sentyabrdan boshlab juma namozlarini faqat ochiq sahnalarda ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklov bekor qilindi.
SSV axborot xizmati ma’lum qilishicha, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e’tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi hamda ma’qullandi.
Izoh qoldirish