2020 yilda 257 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi

2020 yilda 257 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi

Bu haqda AOKAda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Jumladan, 2020 yilda 32,2 mln dollar sement, 20,6 mln dollar alyumin va PVX profillar, 16,5 mln dollar keramik plitka, 13,1 mln dollar quruq qurilish aralashmalari, 8,4 mln dollar ohak, 7,6 mln dollar gipsokarton, 3,8 mln dollar «oboy» kabi qurilish materiallari eksport qilingan.

Qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Uyushma tarkibidagi korxonalar 2020 yilda jami 7 trln 870 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 108,0 foizga ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda mamlakatimizda shu kungacha ishlab chiqarilmagan: gazobeton bloklari, gulqog‘oz, keramogranit, quyma pol, 600 markali sement, geosetka, penoblok, shisha kristallit, kompozit va DSP ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar