O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga mo‘ljallangan Parlamentga Murojaatnomasida O‘zbekiston aholisining demografik o‘zgarishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda amalga oshirilayotgan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" (shahar aholisi uchun) dasturlarini amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari Prezident farmoni bilan 2018 yilda qabul qilingan.
"Obod qishloq" dasturini amalga oshirish uchun respublikaning har bir viloyati va shahrida, birinchi navbatda chekka hududlarda va qiyin iqlim sharoiti bo‘lgan hududlarda aholining turmush sharoitlari va turmush darajasini tubdan yaxshilashni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rildi.
"Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlari doirasida o‘tgan davr mobaynida 5 millionga yaqin aholi istiqomat qilayotgan 1200 ta mahalla va qishloq ko‘rinishi hamda sharoiti tubdan o‘zgarib, yaxshilandi. Suv quvurlari, elektr tarmoqlari, gaz quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini qurish va ta’mirlash, sizot suvlari sathini pasaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, 5 ming 607 kilometr ichki yo‘llar, 369 ta ijtimoiy ob’yektlarni ta’mirlash, 969 ta bozor infratuzilmasi ob’yektlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda mahalliy xokimiyatlar qoshida "Obod mahalla" jamg‘armalari tuzildi.
Ushbu davlat dasturlarining amalga oshirilishi qishloq joylarda ham, O‘zbekiston shaharlarida ham odamlarning turmush darajasini oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Buni xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari ham tasdiqlaydi.
Jahon bankining «O‘zbekiston aholisini tinglab» (Listening to citizens of Uzbekistan (L2CU) tadqiqotiga ko‘ra, dasturlar ijrosi sabab so‘nggi to‘rt yilda suv ta’minotidagi uzilishlar sezilarli pasaygan.
2018 yil sentyabridan 2020 yilning martiga qadar suv ta’minotida (umumiy vodoprovod krani, quduq, daryo suvi, buloq suvi, yetkaziladigan suv) uzilishlar ro‘y bergan uy xo‘jaliklari soni 6,5 foizga kamaygan (11 foizdan 4,5 foizga). Ushbu pasayish shahar aholisi hisobiga amalga oshgan.
Bundan tashqari aholining elektr tarmog‘iga ulanish ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi. 2010 yilda qishloq aholisi o‘rtacha bir kunda bir soat davomida elektr tarmog‘idan uzilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib, uzilish o‘rtacha yarim soatni tashkil etdi. Shunday qilib, so‘nggi 2 yilda shahar aholisi stabil elektr ta’minoti ega bo‘lib qolmoqda, biroq qishloq uy xo‘jaliklari e’lektr ta’minoti tig‘iz soatlarda yomonlashgan.
Aholining uy isitish ta’minoti ham sezilarli yaxshilandi. 2018 yilda aholining 80 foizi isitish tizimiga muhtoj bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil qilmoqda.
Biroq 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli dastur ijrosi vaqtincha to‘xtatidi. Shu bilan birga O‘zbekiston hukumatining 2020 yildagi koronavirus inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha inqirozga qarshi chora-tadbirlari doirasida qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va qishloqlarni bosqichma-bosqich obodonlashtirishga qaratilgan choralar qabul qilindi.
2021 yil «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarining yondashuvi va bosqichma-bosqich ijrosini tubdan o‘zgartirgan yil bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu davlat dasturlarini amalga oshirishga yondashuvlar o‘zgargardi. Yondashuv yanada murakkablashdi va ushbu dasturlarni amalga oshirish markazlashtirish tamoyili asosida amalga oshirila boshlandi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda amalga oishiriladigan ishlar:
- Respublikaning 2721 ta mahallasida 10000 km dan ortiq ichki yo‘llar ta’mirlanib, 4000 km dan ortiq ichki suv ta’minoti tarmog‘i tortiladi. Bu ishlar uchun jami 3 trln. so‘m ajratiladi.
- “Obod qishloq” dasturi doirasida - 79 ta maktab, 171 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 161 ta tibbiyot muassasalarida qurish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
- “Obod mahalla” dasturi doirasida - 57 ta maktab, 37 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 15 ta tibbiyot muassasalarida qurish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
- 5377 mahallaga 15000 km elektr uzatish liniyalari yotqizilib, 4000 dan ortiq transformator modernizatsiya qilinadi. Buning uchun 2,1 trln. so‘m mablag‘ ajaratiladi.
- “Temir daftar” ga kiritilgan 300000 nafar aholi kambag‘allikdan chiqariladi. 500000 yoshlar va 200000 ayollar ish bilan ta’minlanadi.
- 2020-2024 yillarda Jahon banki (JB) va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) ko‘magida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (ITKQV) "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi (umumiy qiymati 183,6 mln.), doirasida 300 dan ortiq qishloqlar asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun moliyalashtirishi mumkin. Ushbu loyiha doirasida VB va OIIB 2021 yilda Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 21 tuman va 60 qishloqlarda 485 mlrd so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi.
- Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ichki yo‘llar, yo‘laklar, ijtimoiy ob’yektlar va ko‘p qavatli uy-joylarning ekspluatatsiya tizimini yaxshilaydi. Sektor rahbarlari o‘z hududida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali aholiga hisobot beradi.
Ta’kidlash joizki, mazkur davlat dasturlarining amalga oshirilishi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va samarali rivojlantirish jarayonlarini jadallashtirish hamda iqtisodiyotning ushbu sektorida samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi lozim.
22021 yilning 2 aprelida prezident PQ-5048 «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarini amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
"Obod qishloq" va "Obod Mahalla" dasturlari doirasida barcha tuman va shaharlardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlandi.
Biroq 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli dastur ijrosi vaqtincha to‘xtatidi. Shu bilan birga O‘zbekiston hukumatining 2020 yildagi koronavirus inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha inqirozga qarshi chora-tadbirlari doirasida qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va qishloqlarni bosqichma-bosqich obodonlashtirishga qaratilgan choralar qabul qilindi.
Qishloq joylarida infratuzilmaning mavjudligi hayot sifatini o‘zgartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish kalitidir. Shu munosabat bilan 2021 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari yangi yondashuvlar asosida shakllantirildi. Aholi ehtiyoji hamda 206 ta tuman va shaharlar hokimlari, yo‘l, elektr ta’minoti, kommunal xizmat va tadbirkorlikni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan rahbarlar takliflaridan kelib chiqqan holda 8 mingta mahallada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Obodonlashtirish ishlari bilan birga ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasida ham ishlar belgilangan.
E’tiborlisi, murakkab inqirozdan chiqish yili bo‘lib tarixga muhrlanadigan 2021 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirishga ilk bor tashqi manbalardan jalb qilmagan holda mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘lar har bir mahalla kesimida ijtimoiy soha, ichimlik suvi ta’minoti, avtomobil yo‘llari va infratuzilma ob’yektlari bo‘yicha maqsadli dasturlarga yo‘naltiriladi.
Nodira Qurbonboyeva, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish