Oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 112,5 ming donaga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 11% yuqori. Savdo faolligi barcha asosiy bozor segmentlarida oshgani qayd etildi.
Birlamchi va ikkilamchi bozorlarda yengil avtomobillar segmenti oylik 12,7% o‘sishni ko‘rsatdi va 95,4 ming donani tashkil yetdi. Eng yuqori o‘sish Namangan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida qayd etilgan bo‘lib, bu hududlarda savdolar 20%dan ziyod oshdi. Shu bilan birga, Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faollik biroz pasaygani kuzatildi.
Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat
Oktyabr oyi natijalariga ko‘ra, birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi qariyb 19%ga oshdi, bu esa qo‘shimcha 6 ming dona avtomobil sotilganini ko‘rsatadi. Segment doirasida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar toifasida sotuvlar 33,4 ming donaga yetdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 22%ga o‘sdi.

Yangi xorijiy avtomobillar sotuvi biroz o‘sish (+1,1%) bilan sentyabr oyi ko‘rsatkichlaridan oshib, 4,5 ming donani tashkil etdi.
Ikkilamchi avtomobil bozori o‘sish sur’atida
Oktyabr oyida yengi avtomobillarining ikkilamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 9%ga oshib, 57,4 ming donani tashkil etdi.
Ikkilamchi bozorda elektromobillar sotuvi 3 ming donadan oshib, oylik hisobda 15,2% o‘sish qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar sektori
Izoh qoldirish