Oy davomida uy-joy oldi-sotdi bitimlari 12% ga oshib, 27,1 mingtani tashkil etdi. Bu 2023 yil avgustidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Hududlar kesimida
Oktyabr oyida uy-joy bozoridagi faollik o‘sishi respublikaning barcha hududlarida qayd etildi.
Eng katta oylik o‘sish Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida kuzatilib, bu hududlarda uy-joy oldi-sotdi bitimlari o‘rtacha 26 %ga ko‘paydi. Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida esa o‘sish mӯ’tadil bo‘lib, mos ravishda taxminan 2% va 4% ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi bitimlarining taxminan 30 %i Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Oktyabr oyida poytaxtda savdo hajmi oylik hisobda 5,3 %ga, yillik hisobda esa 32 %ga oshdi.
Ikkilamchi uy-joy bozori
Oktyabr oyida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar dinamikasi biroz tezlashdi. Bir oy ichida 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 2,4% ga oshdi, sentyabrda bu ko‘rsatkich 0,6% bo‘lgan edi.
O‘tgan yil oktyabriga nisbatan hisoblaganda, ikkilamchi bozorda o‘rtacha narx 1 kv. metr uchun 7,4% ga o‘sgan.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo va Namangan viloyatlarida qayd etildi, bu hududlarda uy-joy narxlari taxminan 20% ga oshdi.
Toshkentda uy-joy bozoridagi vaziyat
Oktyabr oyida Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar deyarli o‘zgarmasdan qoldi, o‘rtacha o‘sish 0,7% atrofida bo‘ldi.
Yillik hisobda, o‘tgan yil oktyabr oyiga nisbatan, poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlari 1% ga pasaygan. Eng sezilarli tushish Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida qayd etilgan, bu yerda o‘rtacha narxlar taxminan 5% ga arzonlashgan.
Poytaxtning birlamchi uy-joy bozorida esa aksincha, narxlar o‘sishi kuzatilmoqda. Oktyabr oyida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narx yillik hisobda 2,1%ga oshgan.
Eng yuqori o‘sish Bektemir, Yashnobod, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilgan bo‘lib, bu hududlarda narxlar o‘rtacha 5,5% ga o‘sgan.
Poytaxtda ijara bozori
Oktyabr oyida Toshkentda o‘rtacha ijara stavkalari o‘tgan oy darajasida qolib, 1 kv.m uchun 8,5 dollarni tashkil etdi. Eng yuqori ijara narxlari poytaxtning markaziy hududlari Mirobod, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida saqlanmoqda, bu hududlarda 1 kv. metr uchun o‘rtacha ijara haqi taxminan 10,2 dollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga, o‘tgan yil oktyabriga nisbatan Toshkentda uy-joy ijara narxlari 1,6% ga oshgan. Eng katta o‘sish Bektemir, Yashnobod va Sergeli tumanlarida qayd etilgan, bu tumanlarda ijara narxlari o‘rtacha 9% ga ko‘tarilgan.
Jaloliddin Usmonov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
tel: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish