Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan 24 aksiyadorlik jamiyatlari tarkibida qoidabuzarliklarni aniqladi (+ro‘yxat)

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan  24 aksiyadorlik jamiyatlari tarkibida qoidabuzarliklarni aniqladi (+ro‘yxat)

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi kuzatuv kengashi tarkibida mustaqil a’zolar mavjud emasligi uchun 24 aksiyadorlik jamiyatiga ko‘rsatma berdi.

O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 74-moddasiga ko‘ra, aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasi kotirovka varag‘iga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibida mustaqil a’zo bo‘lishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibi o‘rganilganda, 24 ta aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashida mustaqil a’zoning yo‘qligi aniqlandi va ushbu kamchilikni 2 oy davomida barataraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kamchilikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan AJ lar ro‘yxati:

“O‘zbekko‘mir”
“Universal Sug‘urta”
“Aloqabank”
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”
“Andijon biokimyo zavodi”
“Buxoro ta’mirlash-mexanika zavodi”
“Granit”
“Qashqadaryo parmalash ishlari”
“Neft va gaz quduqlarini sinash”
“Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash”
“Urganch yog‘-moy”
“Beshariq paxta tozalash zavodi”
“Qo‘qon paxta tozalash zavodi”
“Muborak paxta tozalash”
“Xorazm suv qurilish”
“Guliston ekstrakt yog‘”
“Shorud”
“Xo‘jaobod texnologik transport boshqarmasi”
“O‘zpartamponaj”
“Minora qurish ekspeditsiyasi”
“Elektrqishloqqurilish”
“Savdoenergo”
“O‘zparavtotrans”
“Qashqadaryo texnologik transport”

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar