Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozori dinamikasini muntazam ravishda tahlil qilib boradi. Sharh avtomobil bozorining asosiy segmentlari va hududlardagi o‘zgarishlarni qamrab oladi.
2026 yil iyul oyi yakunlariga ko‘ra, barcha turdagi avtotransport vositalarining umumiy savdosi qariyb 80 ming donani tashkil etdi. Bu avvalgi oy ko‘rsatkichiga deyarli teng (-0,7%).

Yengil avtomobillar bozori
Iyul oyida yengil avtomobillar savdosi avvalgi oy darajasida saqlanib, 61,1 ming donani tashkil etdi. Iyun oyida ushbu ko‘rsatkich 61,4 ming dona bo‘lgan.
Yangi yengil avtomobillar
Yangi yengil avtomobillar savdosi 5,9%ga oshib, 25,4 ming donani tashkil etdi.
Asosiy o‘sish mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar hisobiga to‘g‘ri keldi. Ularning savdosi 8,3%ga oshib, 20,4 ming donaga yetdi.
Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 5 ming donani tashkil etib, avvalgi oyga nisbatan qariyb 3%ga kamaydi.
Ikkilamchi yengil avtomobillar bozori
Iyul oyida ishlatilgan yengil avtomobillar savdosi 4,4%ga kamayib, 35,7 ming donani tashkil etdi.
Elektromobillar bozori
Bir oy davomida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda jami 9,3 mingta elektromobil sotildi. Bu avvalgi oyga nisbatan 10,8%ga ko‘p.

Savdolar o‘sishi respublikaning aksariyat hududlarida qayd etildi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent viloyatida — 699 ta va Farg‘ona viloyatida — 428 ta elektromobil hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, elektromobillar bozorida savdolarning asosiy qismi hamon poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Iyul oyida Toshkent shahrida 6 mingta elektromobil sotildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar sektori
Izoh qoldirish