Moliyaviy texnologiyalar va transchegaraviy pul o‘tkazmalari

Moliyaviy texnologiyalar va transchegaraviy pul o‘tkazmalari

Moliyaviy texnologiyalar va transchegaraviy pul o‘tkazmalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va EIAS ekspertlari tomonidan muhokama qilindi.

2019 yil 25 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa instituti (EIAS) direktori Aksel Goyetals va katta ekspert Alberto Turkstra bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa instituti Bryusselda joylashgan yetakchi ilmiy markaz hisoblanadi. Institut tadqiqotlari Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi aloqalarni va o‘zaro tushunishni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan.

Uchrashuvning maqsadi mehnat muhojirlarining real daromadlarini oshiradigan muqobil xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qilish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Belgiyalik ekspertning qayd etishicha, bugun ko‘pchilik "Western Union" yoki "MoneyGram" kabi xizmatlardan keng foydalanmoqda. Ular xizmatlar uchun juda yuqori haq (taxminan: Jahon banki e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 200 dollar jo‘natish uchun o‘rtacha qiymati 14 dollar) to‘lamoqdalar.

Yig‘ilishda moliyaviy texnologiyalar xarajatlarni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkinligi ta’kidlandi.

– Moliyaviy texnologiya va transchegaraviy pul o‘tkazmalari kelajagi eng yaxshi texnologiyalarni yaratadigan xizmatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pul o‘tkazmalari yuqori tezlikda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar, xavfsizligi yuqori bo‘lgan va past narxlardagi xarajatlar hal qiluvchi omil hisoblanadi ”,-dedi A.Goyetals.

Pul o‘tkazmalarining samaradorligini oshirish uchun Belgiya tomoni innovatsion mahsulotlar, raqamli texnologiyalar, shu jumladan tijorat banklarining texnologik afzalliklarini joriy etishni taklif qildi. Bundan tashqari, bozorning kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishini va bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni aniq belgilab beradigan me’yoriy-huquqiy bazani yaratish juda muhimdir.

Uchrashuv yakunida tomonlar “fintech” yordamida xalqaro pul o‘tkazmalari xarajatlarini kamaytirish va infrastrukturani, xususan quyosh va shamol energiyasini moliyalashtirish uchun moliyaviy vositalarni, masalan, yashil obligatsiyalar (“Green” bonds), portfel investitsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishlar olib borish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar